Get Mystery Box with random crypto!

#tarqatamiz 2 KUN QOLDI: Magistraturaga qabul 1-iyuldan | ESTT kafedra 2019-2020 o'quv yilida bitirgan talabalari

#tarqatamiz

2 KUN QOLDI: Magistraturaga qabul 1-iyuldan eʼtiboran onlayn tarzda boshlanadi

Magistraturaga qabul haqida baʼzi maʼlumotlarni eslatib oʻtamiz:

Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, abituriyentlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi;

Magistraturada abituriyentlarga 5 ta mutaxassislik yoʻnalishini tanlash imkoniyati berilmaydi. Faqat bitta yoʻnalish tanlanadi;

Kirish imtihonlari mutaxassislik hamda chet tili fanidan boʻladi. Boshqa fanlardan boʻlmaydi;

Magistratura imtihonlarida maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball - 250 ballni tashkil etadi.

Diplom bali - 100 ball;
Mutahassislik test bali - 100 ball;
Chet tili test bali - 50 ball.

Chop etilgan maqolalar uchun kirish imtihonlarida ball berilmaydi;

Hujjatlar qabul qilish 1 oy davom etadi, yaʼni 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi;

Safimizga qo'shiling @TDTU_YOSHLARI_YI