Get Mystery Box with random crypto!

Asardan parcha 'Voqelikdan uzil' — Xo'sh, agar voqelikdan uz | Jamshid Erkinjonov (blogi)

Asardan parcha

"Voqelikdan uzil"

— Xo'sh, agar voqelikdan uzilsangiz qanday qilib hamma narsani tatib ko'rish mumkin ?
— Xmm. Fikrlayapsan, Mich. Ammo uzilish bu voqelikning ichingga kirib borishiga monelik qilish emas. Aksincha, uning senga to'liq singib ketishiga imkon berish. Shundagina uni tark eta olasan.
— Hech vaqoni tushunmayapman.
— Istalgan tuyg'uni olaylik – xoh u ayolga muhabbat bo'lsin, xoh u yo'qotilgan suyukli insoning g'amida kuyish yoki men boshdan kechirayotgan hislar: og'riq va bedavo dard qo'rquvi bo'lsin. Agar hislaringni hadeb jilovlayversang, tuyg'ularingga erk bermasang, hech qachon ulardan qutula olmaysan, qo'rquv iskanjasida qolib ketasan. Og'riq, g'am seni dahshatga solaveradi. Muhabbat seni zaif qilib qo'yishidan qo'rqasan. Ammo o'zingni hech bir hadiklarsiz tuyg'ular ummoniga otib, unga tamoman g'arq bo'lgach, erkingni butunlay his-tuyg'ular ixtiyoriga topshirish orqaligina ularni to'laligicha his etasan. Og'riq nimaligini anglaysan. Muhabbat nimaligini anglaysan. Qayg'u nimaligini tushunib yetasan. Faqat shundan keyingina "Bo'ldi. Men bu tuyg'uni boshdan kechirdim. Uni tanib oldim. Endi esa bir lahzaga bu tuyg'udan uzilishim kerak", deya olasan.
Morri gapidan to'xtab, uning so'zlarini to'g'ri tushunayotganimga ishonch hosil qilish uchun menga sinovchan nigoh tashladi.
— Bilaman, gap faqat o'lim haqida borayotgandek tuyulyapti senga,— dedi u.— Lekin senga takror va takror ta'kidlaganimdek, o'lishni o'rgangan kuning yashashni ham o'rganasan.

"Morrining seshanba darslari"

@ErkinjonovBlogi