Get Mystery Box with random crypto!

​New BooK Bugun ayrim ishlar bilan MegaPlanet ga borgan ed | Jamshid Erkinjonov (blogi)

New BooK

Bugun ayrim ishlar bilan MegaPlanet ga borgan edim. Kirishim bilan chap tomonga kitoblar terib tashlangan ekan. Meni o'ziga tortdi. Qiziqib ko'rayotgandim ichidan men anchadan beri qidirib yurgan kitob chiqib qoldi .

Yevgeniy Zamyatin qalamiga mansub bo'lgan "Biz" antiutopiyasi haqida ko'p bookblogerlarning taqriz va postlarini o'qidim. O'qidim-u o'sha zahoti o'qiladigan kitoblar ro'yxatiga (unday ro'yxat bo'lmasada ) qoshib qo'ydim. Shu sababli bo'lsa kerak kitobni ko'rishim bilan o'ylab o'tirmay sotib oldim.

Nasib bo'lsa, yaqin muddatlar ichida kitob mutolaasiga kirishaman . Balki taqriz ham yozarman.

Yoqimli mutolaa