Get Mystery Box with random crypto!

Masofa Mening kitobimni o'qiydi bir qiz- Jo'xorizor ichra ulg | Jamshid Erkinjonov (blogi)

Masofa

Mening kitobimni o'qiydi bir qiz-
Jo'xorizor ichra ulg'aygan malak!
Ko'zlari kitobda,
Oyog'i suvda...
She'rim vujudini kuydirsa kerak.

To'rtinchi betdanoq boshlanib ketar:
"Jonim, Xudo seni qalbimga ekkan!"
Oyog'ini suvdan tortadi shartta-
"Sevgani bor ekan!!!"

Qishloqcha yig'laydi (qishloqichamas):
Yuzlarini yuvar qayta va qayta.
Yig'laydi..
goh mening, goh u "jonon"ning
Sha'niga sharafli qarg'ishlar ayta!

"Olifta", "yalmog'iz", "voy, jodugar qiz..."
Qarg'ar sho'rlik qizni yuz-xotir qilmay.
Bilmam, qachongacha ko‘z yosh to‘kadi
"Jodugar qiz" o'zi ekanin bilmay!

Rashid Xo'jamov
2019-yil, 1-dekabr