Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.33K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
Eng yoki birinchi o'rinda turuvchi dunyo natijalari!
Tijoriy hamkorlik bo'yicha @aloqatvbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 23

2021-09-11 17:00:07
Tarixdagi eng kuchli shaxmat ustasi!

Bobbi Fisher dunyodagi eng kuchli shaxmatchilardan biri boʻlgan.

Suratda u bir vaqtning oʻzida 50 nafar raqib bilan shaxmat oʻynamoqda. Natijada u 47 gʻalaba, 2 durang va 1 magʻlubiyat qayd etgan!

Gʻalaba qozongan odam qanday holatga tushgan ekan?)

@engyokibirinchi | Instagram
12.5K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-09-11 12:00:03
Birinchi SMS

1992-yilda Vodafone kompaniyasida ishlab chiquvchi bo‘lib ishlagan britaniyalik Nil Papuort dunyodagi birinchi SMS-xabarni 3-dekabr kuni o‘z boshlig‘iga jo‘natganligi haqida gapirib berdi. “Rojdestvo muborak bo‘lsin”, — deb yozgan u. Lekin javob kelmagan.

Siz hali ham SMS-xabarlardan foydalanib turasizmi?

@engyokibirinchi | Instagram
13.0K views09:00
Ochish/sharhlash
2021-09-11 07:01:12
O'zbekiston hududidan eng yirtqich dinozavrlardan birining suyaklari topilgan.

Suyaklar ancha oldin Jaraquduq (Navoiy viloyati, Uchquduq tumani) hududidan qazib olingandi. Kanadalik olimlar va Yaponiyaning Nagoya universiteti palentologlari tomonidan to'liq o'rganilib baho berilgan. Og'irligi bir tonna va uzunligi sakkiz metrga etuvchi bu dinozavr turiga Ulugbegzavr (Ulughbegsaurus) deb nom berilgan.

Olimlar Koxe Tanaka va Darla Zelenskiylarning maqolasiga ko'ra, bu dinozavr O'zbekiston hududida 90 million yil avval Mezozoy davrida yashab o'tganligi ta'kidlangan.

90 million yil-a!

@Engyokibirinchi | Instagram
12.9K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2021-09-10 17:00:13
Tarixdagi eng buyuk futbolchi kim?

Oksford universitetining matematika professori, doktor Tom Krouford tarixdagi eng yaxshi futbolchini aniqlash uchun maxsus formula ishlab chiqdi. Krouford milliy va xalqaro turnirlardagi g'alabalar, jamoaviy va individual mukofotlar, klublar va terma jamoalar uchun kiritilgan gollar, xalqaro va shaxsiy rekordlar hamda “Oltin to'p” uchun kurashda olingan ovozlar sonini hisoblovchi formulani ishlab chiqdi.

Tadqiqotlarga ko'ra, tarixdagi eng yaxshi futbolchi nomi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga nasib qildi. Reytingda ikkinchi o'rinni PSJ futbolchisi Lionel Messi, uchinchi o'rinni esa braziliyalik Pele egalladi. Kuchli beshlikdan sanab o'tilgan futbolchilardan tashqari, sobiq futbolchilar Ferents Pushkash va Ronaldo Nazario o'rin oldi.

Sizningcha dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim?

@Engyokibirinchi | Instagram
8.0K viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2021-09-10 13:23:29
Facebook tarixdagi eng “aqlli” ko‘zoynakni taqdim qildi

Facebook kompaniyasi ko‘zoynaklar ishlab chiqaruvchi Ray-Ban kompaniyasi bilan birga tarixdagi ilk “aqlli” ko‘zoynak – Stories’ni taqdim qildi. Ko‘zoynak narxi 299 dollarni tashkil qiladi.

Koʻzoynak o‘z gardishiga o‘rnatilgan ikkita 5 Mpli kamera bilan jihozlangan. Ko‘zoynakda kameralar surat yoki 30 soniyagacha davom etuvchi videoni olish vaqtida atrofdagilarni bundan ogohlantiruvchi yorug‘lik-diodli indikator yonadi. Ko‘zoynak bandlariga musiqa eshitish va ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga imkon beruvchi kichik o‘lchamli karnay va mikrofonlar o‘rnatilgan.

300 dollarlik koʻzoynakda yurishga nima deysiz?)

@engyokibirinchi | Instagram
8.8K viewsedited  10:23
Ochish/sharhlash
2021-09-10 09:19:34
Eng qimmat paypoq

Falek paypoqlari. Ushbu paypoq Vikunadan (tuyaga o'xshagan lekin sal kichkinaroq bo'lgan hayvon ) , juda kam uchraydigan Peru sochlaridan to'qilgan. Ushbu paypoqlar 1118 dollarga sotiladi.

Paypoqda ishlatiladigan jun shu qadar nozikki, uni bo'yash mumkin emas. Bitta Vikuna bitta funt jun ishlab chiqaradi. Vicuna paypoqlari atigi 10 juft bo'lib, agar siz sotib olmoqchi bo'lsangiz, tezda buyurtma qilishingiz kerak.

Ana bo’lmasa, 11 mlnga paypoq sotib olgan boʻlarmidingiz?

@engyokibirinchi | Instagram
10.3K viewsedited  06:19
Ochish/sharhlash
2021-09-09 11:21:44
Amerikaning eng daromadi yuqori kompaniyalari!

Berkshire Hathaway = 81.4mlrd$

Apple = 55.3mlrd$

Microsoft = 39.2mlrd$

JP Morgan Chase = 36.4mlrd$

Google = 34.3mlrd$

Bank of America = 27.4mlrd$

Izohlarda Oʻzbekistonda daromadi yuqori boʻlgan kompaniyalar beshligini taxmin qilib koʻring!

@Engyokibirinchi | Instagram
12.7K views08:21
Ochish/sharhlash
2021-09-09 08:07:10
O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 27 milliondan oshdi.

1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 27,5 milliontani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Mobil aloqa abonentlari soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 14,3 foizga oshgan.

Aholi orasida mobil aloqadan foydalanadiganlar soni 24 million 868,1 mingtani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga oshgan. Aholi orasida mobil aloqa bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi har 100 kishi hisobiga 72 tani tashkil qilmoqda.

Eng arzon internet haqidagi fikrlarni aytdingiz, endi eng ko'p odamlar qaysi aloqa operatoridan foydalanmoqda, sizchi?

@Engyokibirinchi | Instagram
12.3K viewsedited  05:07
Ochish/sharhlash
2021-09-08 22:02:07
#Premyera

Eng birinchi mualliflik qo'shig'i


Bugun o'zbekistonda eng ko'p obunachiga ega kanal RizaNova you tube kanalida qo'shiqichi Javlon Hamidov tomonidan ijro qilingan Otam taronasi premyera qilindi, siz ham yangi xit qo'shiqni hoziroq ushbu havola orqali tinglashingiz mumkin. Menga qo'shiq juda yoqdi.

Yosh xonandani qo'llab turaylik instagram sahifasiga va telegram kanaliga xoziroq obuna bo'lib qo'ying, You tubeda yangi xit taronani tinglang!




Izohlarda bizni belgilang Xonandaga omad tilang

@Engyokibirinchi | Instagram
12.6K viewsedited  19:02
Ochish/sharhlash