Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi104 — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi104 — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi104
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.62K
Kanalning ta’rifi

Barcha ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
"Dunyodagi eng..?" va "Dunyodagi birinchi..?"
Eng birinchilar birinchi bizda.
Reklama: @Baxodur_aders
Taklif va murojat ▪️ @Gqurbonqulov

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2021-07-22 06:36:55
O'pkaga sun'iy nafas beruvchi apparat qancha turadi?

Covid-19 virusining oxirigi bosqichida bemor nafas yetishmasligidan vafot etadi.

Koronavirusning davosi topilmagan ekan, tirik qolishning yagona usuli o'pkaga sun'iy havo berish moslamasidir.

Rossiyalik o'ziga to'q oilalar allaqachon ushbu moslamalarni xarid qilishni boshlashganligi aytilmoqda.

Rossiyada sun'iy nafas beruvchi moslamaning narxi $23 000. Sotib olish uchun esa 8 oylik navbatlar paydo bo'lgan.

@engyokibirinchi
19.8K views03:36
Ochish/sharhlash
2021-07-21 19:11:17
Eng qimmat avtomobilni O'zbekistonga olib kirish xarajatlari qancha?

Tanishing, rasmda dunyodagi eng qimmat avtomobil – 19 mln dollarlik Bugatti La Voiture Noire.

Agar, Siz shu Bugattini xarid qilib, O'zbekistonga olib kelmoqchi bo'lsangiz, davlatga qo'shimcha $9 635 791 to'lab qo'yishingizga to'g'ri keladi.

Endi xarajatlari bilan tanishib chiqamiz:

Qonunchiligmizga ko'ra, chetdan kirib kelayotgan avtomobillar uchun uning dvigateli hajmiga qarab boj to'lovi va aksiz solig'i to'lanadi.

Bugattining dvigateli hajmi 7993 sm³ ligini inobatga olsak sizning xarajatlaringiz tarkibi quyidagicha bo'ladi:

— Avtomobil narxi – $19 000 000
— Boj to'lovi – 30% + $3/sm³ = $5 700 000 + $23 979
— Aksiz solig'i – $3,1/sm³ = $24 779
— QQS – 15% = $3 712 314
— Respublika Yo'l fondi yig'imi – boj to'lovining 3 foizi = $171 719
— Avtomobilni ro'yxatdan o'tkazish = $3 000

Demak, biz O'zbeklar uchun dunyodagi eng qimmat avtomobil 19 mln AQSh dollari emas $28 635 791 ekan, deyarli 270 mlrd so'm!

@engyokibirinchi
23.8K views16:11
Ochish/sharhlash
2021-07-21 15:06:53
Dunyodagi eng qimmat salyut shou

Dunyodagi eng qimmat salyut shoui 2008-yili Dubaida qayt etilgan. Bu shou Atlantis mehmonxonasining ochilish marosimida 25 daqiqa davomida o'tkazilgan.

Shou ko'pchilik davlatlar telekanallarida jonli efirda ko'rsatilgan va tashkilotchilar shu 25 daqiqalik shou uchun $20 mln sarflagan.

@engyokibirinchi
21.1K views12:06
Ochish/sharhlash
2021-07-21 10:06:18
Rossiyadan O'zbekistonga jo'natilayotgan pul jo'natmalari yangi rekordni qayd etdi

Rossiya Markaziy bankining xabar berishicha, 2019-yilda O'zbekistonga Rossiyadan $4.7 mlrd yuborishgan.

Bu ko'rsatkich bilan Sobiq Ittifoq davlatlari ichida 1-o'rindamiz, Tojikiston esa $2.5 mlrd qabul qilgan holda 2-o'rinni egallagan.

Tarixga nazar soladigan bo'lsak, 2014-yilda Rossiyadan O'zbekistonga rekord darajada pul mablag'lari yuborilgan, o'shanda bu summa deyarli $6 mlrd ni tashkil etgan edi.

@engyokibirinchi
24.4K views07:06
Ochish/sharhlash