Get Mystery Box with random crypto!

Eng Yoki Birinchi

Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi104 — Eng Yoki Birinchi E
Telegram kanalining logotibi engyokibirinchi104 — Eng Yoki Birinchi
Kanal manzili: @engyokibirinchi104
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.62K
Kanalning ta’rifi

Barcha ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslanadi.
"Dunyodagi eng..?" va "Dunyodagi birinchi..?"
Eng birinchilar birinchi bizda.
Reklama: @Baxodur_aders
Taklif va murojat ▪️ @Gqurbonqulov

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-08-01 19:57:23
Dunyodagi eng qimmat ko'prik narxi qancha?

Uzunligi 55 km bo'lgan, GonKong, Xitoy va Makaoni birlashtiruvchi ko'prik dunyodagi eng qimmat ko'prik deb tan olingan. U jami 3ta ko'prik va 1ta tunneldan iborat bo'lib, 2017-yili foydalanishga topshirilgan.

Jami qiymati 15ta Tashkent City narxiga teng bu ko'prik uchun $20 mlrd sarflangan.

@engyokibirinchi
19.6K views16:57
Ochish/sharhlash
2021-08-01 18:39:53
#AJOYIB_SAVOL

Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas. Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.

Diqqat savol: U nima?
19.5K views15:39
Ochish/sharhlash
2021-08-01 15:05:52
Tarixdagi eng qimmat futbol to'pining narxi qancha?

Oxirgi yillardagi futbol bo'yicha jahon chempionatining eng esta qolarlisi so'zsiz, 2010-yili Afrikada bo'lib o'tgan chempionat hisoblanadi. O'sha jahon chempionatining finalida Ispaniya va Gollandiya terma jamoalari baxs olib boradi.

Aynan finalda o'ynalgan to'p (o'sha mashhur Jabulani futbol to'pi) o'yindan keyin sotuvga qo'yildi. Uni bir nechta ashaddiy muhlislardan tashkil topgan guruh $78 808 ga sotib oldi va shu tariqa tarixdagi eng qimmat futbol to'pi deb tan olindi.

@engyokibirinchi
20.6K views12:05
Ochish/sharhlash
2021-08-01 10:23:06
Dunyodagi eng ko'p sotiladigan eng yaxshi mahsulotlari qaysi?

Dunyoda shunday mahsulotlar borki ular boshqalarga nisbatan eng ko’p talab mavjud ekan.

Ular:
1. Avtomobillar - ular taxminan $1,35 trillionga to'g'ri keladi;
2. Neft mahsulotlari, benzin yoki dizel yoqilg'isi ($61,9 milliard;
3. Integratsiyalashgan mikrosxemalar yoki mikrosxemalar;
4. Avtomobil ehtiyot qismlari;
5. Kompyuterlar. Xitoy eng yirik kompyuter ishlab chiqaruvchisi va eksportchisi hisoblanadi. Dunyo kompyuterlari savdosining 44 foizini nazorat qilib, u chet elga $136 milliardlik mahsulot sotmoqda.

Sizningcha O’zbekistonda eng ko’p sotiladigan mahsulotlar qaysi?

@engyokibirinchi | Manba
21.3K views07:23
Ochish/sharhlash
2021-08-01 09:26:32
Oʻqib koʻring balki foydasi tegar!

Telegramda birovni raqamini qanday aniqlash mumkin?
Telegramda "Spamdan" chiqishni bilasizmi?
Smartfonni koʻz bilan boshqarishni bilasizmi?
Suhbatdoshingiz xabarini bildirmasdan oʻqish mumkinmi?
Internet-trafikni (megabayt) qanday tejasa boʻladi?

Bundanda qiziqarli va foydali ma'lumotlarni kanalimizda bepul oʻrganib boring!

LINK : @texnologiya_news
20.5K views06:26
Ochish/sharhlash
2021-08-01 07:08:28
Dunyodagi eng katta okeanariumga kirish uchun chipta narxi qancha?

Okeanarium – bu suv ostidan suv osti dunyosini tomosho qiladigan joy, rasmga qarab tushunib olishingiz mumkin. Bunday okeanariumlarning eng yiriklaridan biri Xitoyda joylashgan Chimelong Ocean Kingdom bo'lib, u 49 million tonna suvga ega va uning qurilish uchun taxminan $1 mlrd sarflangan.

Bu joyga kirish chiptasi narxlari qarilar va kichiklar uchun $50, ( 525 ming so’m) yoshlar uchun esa $75 (760 ming so’m) ni tashkil etadi.

@engyokibirinchi
22.1K views04:08
Ochish/sharhlash
2021-07-31 19:35:12
Eng qimmat uxlash uchun mo’ljallangan matras

Reper Dreyk Architectural Digest jurnaliga o‘z qasrini ko‘rsatdi va uning interyeri haqida so‘zlab berdi.

Omma e’tiborini eng ko‘p jalb etgan narsa bu — Dreykning karavoti bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, reper Hästens kompaniyasi tomonidan buyurtma asosida ishlab chiqarilgan Grand Vividus modelidagi 395 ming dollarlik matrasda uxlaydi.

Matras ot tolasi, jun, paxta va zig‘ir kabi tabiiy materiallardan ishlab chiqarilgan. Kompaniya, o‘z matraslariga bir yil mobaynida bir necha marta xizmat ko‘rsatadi.

@engyokibirinchi
25.7K views16:35
Ochish/sharhlash
2021-07-31 12:22:16
Dunyodagi eng qimmat tosh

Moussaieff Red Diamond deb ataluvchi qizil olmos dunyodagi eng qimmat olmos tosh hisoblanadi. Bunday qimmatbaho toshlardan dunyoda atiga 30 dona mavjud.

Ulardan biri 2001-yili auksionda $8 mln ga sotilgan. Sotilgan olmos 1990-yili Braziliyada topilgan.

@engyokibirinchi
28.3K views09:22
Ochish/sharhlash
2021-07-31 09:55:50
Eng ko'p tomosha qilingan klipning ko'ruvchilari soni qancha?

"Despacito" qo'shig'i uchun ishlangan klip YouTube tarmog'ida eng ko'p tomosha qilingan video hisoblanadi. Bu klip 6,5 mlrd marta ko'rilgan.

Ma'lumot uchun yer yuzida 7,7 milliarddan ziyodroq aholi yashaydi.

@engyokibirinchi
30.3K viewsedited  06:55
Ochish/sharhlash
2021-07-31 06:15:06
Eng qimmat sport turi

Eng qimmat sport turi "Formula–1", "Futbol" yoki "Golf" deb o'ylasangiz adashasiz. Ot poygasi hozirda eng ko'p va yuqori summada sarmoya kiritiladigan sport turidir.

Bilamizki bu sport turining asosiy tayanchi ot bo'lib hisoblanadi. Hozirda dunyodagi eng mashhur parodali otlar inglizlar ot poygasida musobaqaga tushadi. Bunday otlarni narxi juda qimmat va ularni faqat kim oshdi savdosida xarid qilish mumkin. Narxi taxmina $1,3 mln dan boshlanadi.

@engyokibirinchi
33.7K views03:15
Ochish/sharhlash