Get Mystery Box with random crypto!

𝔼ℕ𝔾𝕃𝕀𝕊ℍ 𝕎𝕀𝕋ℍ 𝕄ℝ 𝔻𝕀𝕃𝕊ℍ𝕆𝔻

Telegram kanalining logotibi englishwithdilshod — 𝔼ℕ𝔾𝕃𝕀𝕊ℍ 𝕎𝕀𝕋ℍ 𝕄ℝ 𝔻𝕀𝕃𝕊ℍ𝕆𝔻 𝔼
Telegram kanalining logotibi englishwithdilshod — 𝔼ℕ𝔾𝕃𝕀𝕊ℍ 𝕎𝕀𝕋ℍ 𝕄ℝ 𝔻𝕀𝕃𝕊ℍ𝕆𝔻
Kanal manzili: @englishwithdilshod
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.33K
Kanalning ta’rifi

🇺🇲 Ingliz tili 0 dan biz bilan o'rganing 😊
💌 Contact : @Dilshod_contact_bot
📚 Asosiy kanalimiz : @Dilshod_Valijonov

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-07-21 22:17:34
166 viewsSimple boy, 19:17
Ochish/sharhlash
2022-07-21 03:24:01
Ingliz tili/Инглиз тили/IELTS/ingliz tili grammatika/Ingliztili DTM/Ingliztili IELTS/Ingliztili test

https://t.me/ENGLISHWITHDILSHOD
175 viewsSimple boy, 00:24
Ochish/sharhlash
2022-07-21 03:24:01 Conjunctions (Bog'lovchilar) II qism

in case - har ehtimolga qarshi, ehtiyot shart, hisobga olib degan ma'nolarda qoʻllanuvchi bog'lovchi hisoblanadi.
I'll give you my address in case you need my help in the future. (Men sizga uy manzilimni beraman har ehtimolga qarshi sizga mening yordamim kerak bo'lib qolsa)

in case bog'lovchisini in case of, in the event of - sodir bo'lganda, holatida koʻmakchili birikmalaridan farqlay bilish lozim.
In case of emergency, press red button. (Favqulodda holatda qizil tugmani bosing)
In the event of a strike, the army will take over responsibility for firefighting

yet bog'lovchisi oʻzidan oldingi fikrga zid fikr bildirish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbek tiliga lekin, shunga qaramay, vaholanki, binobarin deb tarjima qilinadi.
The test was difficult yet we passed it.

for - chunki degan ma'noda bog'lovchi sifatida qoʻllanila oladi. Bu holat koʻpincha rasmiy va badiiy uslubda uchraydi.
I believed him, for I knew that he was an honest man. (Men unga ishondim, chunki men uni halol inson deb bilardim)
He walked quickly, for he was in a great hurry.

O'z navbatida tufayli, sababli degan ma'noda since soʻzi ham bog'lovchi sifatida qoʻllana oladi.
Since it was getting dark, we decided to stop. (Qorong'u tushayotganligi tufayli, biz to'xtashga qaror qildik)

lest - -masligi uchun degan ma'noda maqsad bog'lovchisi hisoblanadi.
Lest anyone should doubt my story, I have brought documents to attest to its truth. (Mening gaplarimga kimdir shubha bildirmasligi uchun men uning haqiqat ekanligini isbotlovchi hujjatlarni olib keldim)

however bog'lovchisi oldingi fikrga zid fikr bildirish uchun lekin, biroq degan ma'noda qoʻllaniladi.
We thought the figures were correct. However, we have now discovered some errors.
Your test results are very high. However, your written work is very bad.

however bog’lovchisi oʻzidan keyin sifat yoki ravish bilan qoʻllanilganda qanchalik degan ma’noda qoʻllaniladi.
She has the windows open, however cold it is outside.
However carefully I explained, she still didn’t understand. (Qanchalik ehtiyotkorona tushuntirsam ham u baribir tushunmadi)

provided that/providing that/on condition that bog'lovchilari agar/ sharti bilan/-gan holdagina degan ma'nolarda shart bog'lovchisi sifatida qoʻllaniladi.
Providing that she studies hard, she will pass the exam.

as long as/so long as bog'lovchilari toki/-gan holdagina ma'nolarida shart bog'lovchisi sifatida qoʻllaniladi.
You can take my car as long as you drive carefully.

supposing that agar/mabodo/boringki degan ma'nolarda bog'lovchi sifatida qoʻllaniladi.
Supposing (that) you are wrong, what will you do then?

unless - agar -masa degan ma'noda shart ergash gaplarni bog'lashda ishlatiladi.
Unless she studies hard, she will fail the exam

https://t.me/ENGLISHWITHDILSHOD
162 viewsSimple boy, 00:24
Ochish/sharhlash
2022-07-21 03:24:01 Conjunctions (Bog'lovchilar) I qism

and - va, bilan, hamda degan ma'nolarda teng munosabatdagi uyushiq boʻlaklar va gaplarni bir-biriga bog'laydi.
He bought a few books and notebooks.
He came and I had to leave home.
Birikmalar: and so on - va hakozo (etc.)

but - lekin, ammo, biroq bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan gaplarni va birikmalarni bog'laydi.
We have a blackboard but we can't write on it.

Birikmalar:
nothing but… yoki anything but… -dan tashqari degan ma'noda ishlatiladi.
Fozil drinks nothing but Coca-Cola. (Fozil Koka-Koladan tashqari hech narsa ichmaydi)
but for + noun - agar … boʻlmaganda degan ma'noda shartli gap sifatida ishlatiladi.
But for your help, I wouldn't have finished my work.

not only … but (also) - nafaqat … balki degan ma'noda qoʻsh bog'lovchi hisoblanadi.
We learn not only English but (also) Chinese. (Biz nafaqat ingliz, balki xitoy tilini ham oʻrganamiz.)

so - shuning uchun degan ma'noda sababni bildirib beladi.
It's very hot so let's open the window.

so as to/in order to+ infinitive - maqsadni bildiruvchi qurilma hisoblanadi.
I got up early so as to catch my train.
I got up early so as not to be late.

so that/in order that - shi uchun, -sin deb degan ma'nolarda maqsad bog'lovchisi hisoblanadi, oʻzidan keyin gap talab qiladi.
The Englishman spoke slowly so that I could understand him.

because - chunki degan ma'noda sabab bog'lovchisi hisoblanadi, oʻzidan keyin gap talab qiladi.
It's very hot because the sun is shining brightly outside.

Birikmalar: because of/on the account of/due to sababli, tufayli degan ma'noda koʻmakchili birikmalar hisoblanadi va oʻzidan keyin ot, otli birikma, gerundiy yoki olmosh talab qiladilar.
There was a lot of traffic in the streets because of the holiday season.
He doesn't drink alcohol on account of his health.
A lot of her unhappiness is due to boredom.

because of koʻmakchisining sinonimlari sifatida as a result of, owing to birikmalarini keltirib oʻtish mumkin.
The plane was late owing to bad weather.

although/even though/though - -ga qaramasdan, garchi degan ma'nolarda toʻsiqsiz bog'lovchi hisoblandilar va oʻzlaridan keyin har doim gap talab qiladilar.
Although it rained a lot, we enjoyed our holiday immensely.

-ga qaramasdan degan ma'nodagi in spite of/despite soʻzlari toʻsiqsiz koʻmakchilar hisoblanadi. Bu koʻmakchilar oʻzidan keyin ot, otli birikma, gerundiy yoki olmosh talab qiladi.
In spite of the frequent rain, we enjoyed our holiday immensely.
in spite of/despite the fact that birikmasidan keyin gap qoʻllaniladi.
Despite the fact that we played better, the rival team won the game.

https://t.me/ENGLISHWITHDILSHOD
132 viewsSimple boy, 00:24
Ochish/sharhlash
2022-07-21 03:24:01 So'z boyligimizni oshiramiz
Predlogli birikmalar

After all = ga qaramasdan
All along = har doim
All of a sudden = to'satdan
All the same = bir xil
Angry with = achchiqlanmoq
As a rule = odatda
As far as I am concerned = mening fikrimcha
As for me = meni o'ylashimcha
Be about to = tayyor bo'lmoq
Be back on ones feet = healthy again or better financially
Be beside oneself = juda havotirlangan, achchiqlangan
Be in the red = qarzga botmoq
Bored by = charchagan bo'lmoq
Capable of = ga qobilyatli bo'lmoq
Confused by = yanglishmoq
Come across = to'satdan ko'rib qolmoq
Catch ones eye = e'tiborini tortmoq
Dressed in = kiyinib olgan
Disappointed by = dan norozi bo'lmoq
Fed up with = joniga tegmoq
Famous for = mashxur
Frightened by =qo'rqmoq
Envious of = ichi qoralik qilmoq
Exhausted from = charchagan, horigan


https://t.me/ENGLISHWITHDILSHOD
124 viewsSimple boy, 00:24
Ochish/sharhlash
2022-07-21 03:24:01 SINCE and FOR

We use since and for to say how long something has been happening.
—————————————
Biz “since” va “for”ni biror narsa qancha vaqtdan beri sodir bo’layotganini aytish uchun ishlatamiz.

Misollar:

• I have been waiting for you since 8 o’clock.
• Men seni soat 8 dan beri kutyapman.

• I have been waiting for you for two hours.
• Men seni ikki soatdan beri kutyapman.

We use since when we say the beginning of the period (8 o’clock).
Biz “since”ni vaqtning boshlanishini aytganimizda ishlatamiz (soat 8).
—————————————
We use for when we say the period of time (two hours).
“For”ni vaqtning davomiyligini aytish uchun ishlatamiz.

SINCE — 8 o’clock | Monday | 12 May | 1977 | April | Christmas | lunchtime | we arrived

FOR — two hours | ten minutes | three days | six months | a week | five years | a long time | ages

Misollar:

• She has been working here since April.
• U bu yerda apreldan beri ishlayapti.

• She has been working here for six months.
• U bu yerda olti oydan beri ishlayapti.

• I haven’t seen Tom since Friday.
• Men Tomni juma kunidan beri ko’rmadim.

• I haven’t seen Tom for three days.
• Men Tomni uch kundan beri ko’rmadim.

We do not use for in expressions with all (all day / all morning / all week / all my life etc.):

• I have lived here all my life.
• Men bu yerda butun umr yashadim.



Note the structure How long is it since ...?:

• “How long is it since you had a holiday?”
“It’s two years since I had a holiday.”

• “Ta’til olganingizga qancha bo’ldi?”
“Ta’til olganimga ikki yil bo’ldi.”


https://t.me/ENGLISHWITHDILSHOD
143 viewsSimple boy, 00:24
Ochish/sharhlash
2022-07-18 20:42:15 INGLIZ TILIDA TEZ GAPIRISH YO'LI

Ain't = Am not/are not/is not - emas
E.g. I ain't sure - ishonchim komil emas

Ain't = Has not/have not - ...magan
E.g. He ain't finished yet - u tugatmagan hali

Wanna = Want to - hohlayman
E.g. I wanna go home. - men uyga ketishni hohlayman

Wanna = Want a - hohlayman bitta
E.g. I wanna coffee. - hohlayman bitta kofe

Whatcha = What are you - san nima
E.g. Whatcha gonna do? - san nima qimoqchisan?

What Kinda = Kind of - qanaqa
E.g. What kinda movie is that? - U qanqa kino

Sorta = Sort of - sal, ozgina
E.g. I’m sorta tired - man sal charchadim

Outta = Out of - ...dan tashqari
E.g. Get outta here - chiq bu yerdan tashqariga

Alotta = A lot of - ko'p
E.g. I eat alotta cake. - man ko'p to'rt yeyman

Lotsa = Lots of - ko'p
E.g. I have lotsa money - manda ko'p pul bor

Mucha = Much of - ko'pi
E.g. Much of time was wasted - vaqtni ko'pi bekor ketti

Cuppa = Cup of - bir chashka
E.g. Would you like a cuppa coffee? - bir chashka kofe hohlaysizmi?

Dunno = Don’t know - bilmadim
E.g. I dunno - bilmadim

Lemme = Let me - ruhsat ber
E.g. Lemme see! - ruhsatiz bn ko'raychi

Gimme = Give me - ber manga
E.g. Gimme the pen! - ber manga ruchkani

Tell’em = Tell them - ayt ularga
E.g. I don’t wanna tell’em - man hohlamiman etishni ulaga

Cos = Because - chunki
E.g. I don’t like this house cos it’s too big - manga bu uy yoqmayapti chunki o'ta katta ekan

Bitta = bit of - ozgina, sal

I’mma = I’m going to - ...moqchiman
E.g. I’mma talk to her - man u bn gaplashmoqchiman

Gonna = Going to - ...moqchi
E.g. I'm not gonna tell you - sanga aytmoqchimasman

Needa = Need to - kerak/muhtoj
E.g. You needa know about him - sen u haqida bilishing kk

Oughta = Ought to - kerak
E.g. You oughta phone your sister - Siz singlizga tel qiliwingiz kk

Hafta = Have to - kerak
E.g. You hafta go - siz ketishiz kk

Hasta = Has to - kerak
E.g. She hasta work today - u bugun ishlashi kerak

Usta = Used to - manosi: oldin shunaqa edi, hozi unaqa emas
E.g. She usta live in London - u (oldin) Londonda yashar edi

#Biz_Bilan_Speakingni_yorib_tashang

Kanalimiz sizga foydali bo'lsa quyidagi manzil orqali do'stlaringizni taklif qiling
https://t.me/ENGLISHWITHDILSHOD
184 viewsSimple boy, 17:42
Ochish/sharhlash
2022-07-18 20:42:15 Ingliz tili testlarini tavakkal bajarish DAVOMI
IBORAVIY FE’LLARNI YODLANG. Imkon qadar ko’proq iboraviy fe’llarni yodlashga harakat qiling.
Qanchasini yodlay olsangiz, shunchasini o’rganib olishga harakat qiling. Agar testda iboraviy fe’lning birinchi, fe’l qismi berilgan bo’lsa-yu, Sizdan ikkinchi, predlog qismini topish talab etilgan bo’lsa, yodlaganlaringiz Sizga qo’l kelib qolishi mumkin. Har kuni kanalimizda @grammar_ingliz kanalida iboraviy fe'llar berib borilmoqda
MATNLI SAVOLLAR JAVOBLARINI HARFLAR KETMA-KETLIGI ASOSIDA BELGILANG.
Nima demoqchi ekanligimni tushuntiraman: masalan, matn berilgan, undan so’ng esa 3 ta matnga oid savol berilgan. Agar shu uchta testning birinchisini B, ikkinchisini C deb belgilangan bo’lsangiz, uchinchisini A deb belgilamang! Kuzatishlarim bo’yicha test tuzuvchilar matnlardan keyin keladigan uchta savol javoblarining to’g’rilarini ko’pincha harflar ketma-ketligi asosida yashirishadi. Ya’ni, agar birinchi savolning to’g’ri javobi B bo’lsa, demak keyingi ikkita savolning to’g’ri javobi A bo’lmasligi aniq. Ikkinchi va uchinchi savolning to’g’ri javoblari C yoki D, juda kamdan-kam holatlarda B (yuqoridagi javob bilan bir hil) bo’lish ehtimoli kuchli.
BIR TANLOVNI KETMA-KET 3 MARTADAN KO’P BEGILAMANG.
Bu nafaqat ingliz tili, balki boshqa har qanday fanga oid testlarga ham ta’luqli. Agar 7 ta savolni ketma-ket A yoki B yoki C yoki D qilib bir hil belgilasangiz, ularning ko’pi bilan 3 tasi to’g’ri chiqadi. Tavakkal qilishni juda xohlayotgan bo’lsangiz, imkon qadar javob harflarini turli hil qilib belgilashga harakat qiling. Bir hil harfni ketma-ket ko’p marta belgilamang.

Kanalimizda qoling sababi imtixonga 1 hafta qolganda sizlar bilan imtixon uchun maxsus tartibda ishlaymiz.

Kanalimizdan uzoqlashmang maqola yoqan bo'lsa, kanalga do'stlarizni taklif qiling agarda safimiz kengayib borsa sizlar uchun juda zo'r yangi malumotlarim bor. Buning uchun siz kanalimizni kuzatib borshingiz va ko'p do'stlarizni taklf etishingiz kerak.


#grammar
https://t.me/ENGLISHWITHDILSHOD
123 viewsSimple boy, 17:42
Ochish/sharhlash