2022-10-08 17:28:52
BOG‘LOVCHI (THE CONJUNCTION)
Gaplarni va gap bo‘laklarini bir-biri bilan bog‘lash uchun ishlatiladigan so‘zlarga bog‘lovchilar deyiladi. Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar mavjud.
Teng bog‘lovchilar gapning uyushuq bo‘laklarini va mustaqil gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun ishlatiladi:
I have received a letter and a telegram.
Men xat va telegramma oldim
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergash gaplarni bosh gaplarga bog‘laydi:
I can’t do it now because I am very busy.
Men hozir buni qila olmayman chunki juda bandman.
Bog‘lovchilar shakliga ko‘ra sodda va qo‘shma bo‘ladi:
Sodda bog‘lovchlar: and va, bilan, but ammo, lekin, if agar, that.
Qo‘shma bog‘lovchilar: as well as ham, shuningdek; so that, in order that uchun, maqsadda; as soon as -gach, bilanoq va boshqalar.
Ba’zi qo‘shma bog‘lovchilar ikkilangan bo‘ladi, chunki ikki qismdan iborat bo‘ladi: : both … and ham … ham, not only … but also faqat emas … ham, either … or yoki … yo, neither … nor na … na va boshqalar.
Ba’zi bog‘lovchilar sifatdoshlar shakliga ega bo‘ladi: provided (providing) shartda, agar … bo‘lsa; seeing bilib, modomiki, hamonki; supposing shunday, aytaylik, faraz qilaylik.
https://t.me/English_tests_Inglizcha_testlar
635 viewsShomuzaffar Shovaliyev , 14:28