Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilida fe'l shakllari Keyingi mavzularga oʻtishdan | English_Navbahor

Ingliz tilida fe'l shakllari

Keyingi mavzularga oʻtishdan oldin ingliz tilidagi asosiy fe’l shakllarini koʻrib chiqish lozim, chunki keyingi mavzularda fe'lning turli shakllari qo'llaniladi. Grammatik qoidalarda fe’lning 4 ta shakli qoʻllaniladi.

Fe'lning noaniq shakli (Infinitive) fe’lning asosiy shakli boʻlib, zamonni va shaxsni koʻrsatmaydi, ya'ni hech qanday o'zgarish yoki qo'shimcha bo'lmaydi.
to play, to eat, to go, to think, to work

Past simple (verb II) fe’l shakli faqat oʻtgan zamonda qoʻllaniladi.
played, ate, went, thought, worked

Past participle (verb III) - fe’lning oʻtgan zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va qoʻllanadigan zamonlar va vaziyatlar juda koʻp.
played, eaten, gone, thought, worked

Present participle - fe’lining hozirgi zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va davomiy zamonlarda qoʻllaniladi.
playing, eating, going, thinking, working

Endi ingliz tilida eng muhim qoidalardan biri - fe'llarning to'g'ri (Regular) yoki noto'g'ri (Irregular) fe'llarga bo'linishini ko'rib chiqamiz.

Umumiy qoidaga koʻra, toʻg’ri fe’llar zamonlarda shu zamonga xos boʻlgan qoʻshimchalarni oladi, ya'ni ularga qo'shimcha qo'shilishning bitta to'g'ri shakli bor. Masalan, oʻtgan (Past Simple) va hozirgi tugallangan zamonlarda (Present Perfect Simple) toʻg’ri fe’llarga “–ed” qoʻshimchasi qoʻshiladi. (worked, played, washed, wanted, dusted)

Notoʻg’ri fellar esa qaysi zamonda qoʻllanishiga qarab shakli oʻzgarib turadigan fe’llardir. Bu fe’llarning qanday qo'shimcha yoki shakl olishining yagona qoidasi yoʻq. Ularni faqatgina yodlash yoʻli bilan oʻzlashtirish mumkin. (drive - drove - driven, eat - ate - eaten, do - did - done)

Kanalimizni kuzatib boring, yaqin kunlarda ingliz tilida eng mashhur noto'g'ri fe'llarning ro'yxatini sizga yetkazamiz.

Learn English with Navbahor
Channel:
@English_Navbahor