Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tili 0 dan | Stay at home!

Telegram kanalining logotibi english_from_0 — Ingliz tili 0 dan | Stay at home! I
Telegram kanalining logotibi english_from_0 — Ingliz tili 0 dan | Stay at home!
Kanal manzili: @english_from_0
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 905
Kanalning ta’rifi

Ingliz tilini "0"dan o'rganuvchilar uchun kerakli bo'lgan barcha materiallar va ular bilan shug'ullanish tartibi shu yerda!
Reklama bo'yicha ⤵️⤵️⤵️
@reklama_berish_uchun_bot
⤴️⤴️⤴️

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-12-17 12:07:32 HOW TO READ A BOOK A DAY

We develop a passion for learning

@English_from_0
1.0K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2020-11-17 16:14:02 "Parenthetical words and phrases" - "Qo'shimcha so'zlar va iboralar"

As far as I know - Bilishimcha
Perfect - Juda zo’r
Feel well - Yaxshi his qilmoq
Sleep well - Yaxshi yotib turing
Cheers - Oldik (qadah so’zi)
Bless you - Sog’ bo’ling (aksa urganda)
Frankly speaking - Ochiqchasiga aytganda
To cut it short - Qisqa qilib aytganda
So to speak - Deylik
Meanwhile - Vaqtida, paytida
By the way - Aytgancha
It goes without saying - O'z - o'zidan ma'lum
Indeed - Rostdan ham
In other words - ya'ni
However - Biroq
So well - Demak, shunday ekan, shunday qilib, binobarin.
Besides - Bundan tashqari
Also - Shuningdek
Сertainly - Albatta
Anyway - Har qanday holatda ham
Always at all - Umuman
Therefore - Shu sababga ko'ra
Though - Garchand, garchi, ... ga qaramasdan
Although - Garchand, garchi, ... ga qaramasdan
Mean - Ungacha, hozircha
Nevertheless - Lekin, shunday bo'lsada, baribir
Perhaps - Balki, bo'lishi mumkin
Probably - Balki, bo'lishi mumkin
To put it mildly - Yumshoq qilib aytganda
At all - Umuman
In any case - Har qanaqa holatda hanlm
To tell the truth - To'g'risini aytganda
So - Ho'sh
How awful! - Qanday yomon!
On short - Tez orada
Come up - Paydo b’lmoq
Fortnight - Ikki hafta
Condition - Shart
Now and then - Onda sonda

@English_from_0
2.0K views13:14
Ochish/sharhlash
2020-11-16 18:57:06 Used to+infinitiv qurilmasi

Mazkur qurilma o'tgan zamonda odat yoki takroriy ravishda sodir bo'lgan ish-harakatlar uchun qo'llaniladi.
I used to sleep a lot but I sleep less now. (Men avvallari ko'p uxlardim, lekin hozir kamroq uxlayman.)
He used to smoke 40 cigarettes a day but he does not smoke now. (U avvallari kuniga 40 ta sigaret chekardi, lekin hozir chekmaydi.)

used to+infinitiv qurilmasi o'tgan zamondagi mavjud bo'lgan holatlar uchun ham qo'llaniladi.
They used to be rich and they used to have five houses. (Ular boy edilar va beshta uylari bor edi)

Qo'llanish shakli:
Positive form
Ega+ used to+work
Negative form
Ega+didn't use to+work
Question form
Did+Ega+use to+ work

Misollar:
The baby used to cry a lot. (Chaqaloq ko'p yig'lardi)
I didn't use to like George but now we are close friends. (Men Jorjni yoqtirmasdim, lekin hozir biz yaqin do'stlarmiz)
Did you use to live in a foreign country?

Yuqoridagi misollardan ko'rinayapdiki, used to+infinitiv qurilmasi bilan ifodalangan odat yoki holatlar hozir sodir bo'lmaydi. 'used to+infinitiv faqat o'tgan zamon haqida ma'lumot beruvchi qurilma hisoblanadi

Mazkur qurilma faqat o'tgan zamondagi odat yoki takroriy ravishda sodir bo'lgan ish-harakatlar uchun qo'llaniladi, bir marta bo'lib o'tgan ish-harakatlar uchun esa oddiy o'tgan zamon qo'llangani ma'qul.
I used to go to the cinema a lot when I lived in London. (kinoga ko'p borardim…takroriy sodir bo'lgan ish-harakat)
I went to the cinema yesterday. (kecha kinoga bordim…..bir marta sodir bo'lgan ish-harakat)

O'tgan zamonda takroriy ravishda sodir bo'lgan ish-harakatlarni ifodalashda would+infinitiv qurilmasi ham qo'llaniladi.
Whenever Tom got angry, he would just go out of the room. (Har safar Tomning jahli chiqqanda, u xonadan chiqib ketardi.)
We used to live by the railway line. Every time the train passed, the whole house would shake. (Biz poyezd yo'li yonida yashardik. Poyezd har gal o'tganida, butun uy titrardi)

'used to+infinitiv' va 'would+infinitiv' qurilmasi bilan bir xil ma'no anglatsada, ularning qo'llanishi orasida ozgina farq bor. would+infinitiv qurilmasi qo'llanishi uchun biror vaziyatni yoki vaqtni bildiruvchi qo'shimcha gap kerak bo'ladi.
We used to live by the railway line. Every time the train passed (vaziyatni bildiruvchi qo'shimcha gap), the whole house would shake.
Whenever Tom got angry (paytni bildiruvchi qo'shimcha gap), he would just go out of the room.
'used to+infinitiv' qurilmali gap yolg'iz o'zi ham qo'llanaveradi.
He used to smoke 40 cigarettes a day.

Join and share!

@English_from_0
1.3K viewsedited  15:57
Ochish/sharhlash
2020-11-09 19:15:38 Idiom of the day

"Ob-havoning keskin sovib ketganligi tufayli shamollab qo'ldim'" deb bahona qiladigan talabalar uchun maxsus ibora!

Ushbu 'under the weather' iborasini qo'llab, ingliz tili o'qituvchingizga bahona qilsangiz, o'qituvchingiz sizni albatta kechiradi.
I'm feeling a bit under the weather - I think I'm getting a cold. (Mening sal mazam bo'lmayapti - manimcha, shamollab qoldimov )

Cambridge lug'atida 'If someone is or feels under the weather, they feel ill' deb izoh berilgan.

Mazkur ibora norasmiy bo'lib (informal), og'zaki nutqda ishlatiladi.

Join and share with your friends!
@English_from_0
1.3K viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2020-11-04 10:40:19 Bilib qo'ygan yaxshi

Lonely va alone so'zlarining farqini ko'p so'rashadi, o'zbek tilida mazkur so'zlar yolg'iz deb tarjima qilinsada, ingliz tilida bir-biridan ancha farq qiladi.

lonely - (ruhan) yolg'iz degan ma'noda qoʻllaniladi.
I often feel lonely if I travel abroad.

lonely soʻzi joyga nisbatan qoʻllanilganda, uzoqdagi, kimsasiz degan ma'no beradi.
Dartmoor is a wild and lonely place.

alone - yolg'iz, bir oʻz(lar)i degan ma'nolarda qoʻllaniladi, lekin ot oldidan uni qo'llash grammatik xato hisoblanadi.
He prefers to be alone. He is the least sociable person in the class.
Leave the children alone.

Quyidagi misol bu soʻzlarning ma'nolarini yanada ochib beradi.
She lives alone and often feels lonely. (U bir oʻzi yashaydi va oʻzini ruhan yoʻlgiz his qiladi)

Grammarnotes

•┈••┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈••┈•
Join and share with your friends!
@English_from_0
1.6K views07:40
Ochish/sharhlash
2020-10-31 09:47:41
100+ Adjectives to Describe Personality and Character | Character Traits & Personality Traits

@English_from_0
1.4K viewsedited  06:47
Ochish/sharhlash
2020-10-18 08:31:11 Juda ko’p ingliz tili o’rganuvchilar duch keladigan asosiy muammolardan biri bu ingliz tilida dadil gapira olmaslik. Aytaylik, ingliz tilini ancha vaqtdan buyon o’rganasiz, turli xil til kurslariga qatnagansiz, har kuni turli xil mavzuda inglizcha audiolar eshitasiz lekin hali ham ingliz tilida dadil gapira olmaysiz. . Deylik, siz ingliz tilini 3-yildan beri o’rganasizu lekin, ingliz tili ona til bo’lgan 3 yoshli bola sizdan yaxshiroq gapiradi. Chunki u kundalik hayotida faqat shu tildan foydalanadi. Ko’p gapiradi va ko’p eshitadi. Siz ham bir kunda soatlab ingliz tilida maqolalar o’qishingiz, audiolar eshitishingiz yoki yangi so’zlar yodlashingiz mumkin lekin qancha vaqtingizni speaking uchun sarflaysiz? Deyarli hechqancha! Shunday qilib, speakingni o’stirish uchun nimalar qilmoq kerak?

Do’stlaringiz bilan faqat ingliz tilida so’zlashing.

Image result for speak english only
Birga til o’rganadigan yoki ingliz tilini biladigan do’stlaringiz bo’lsa ular bilan bilan faqat ingliz tilida so’zlashing. Bu ikkingiz uchun ham foydali. Agar juda biror gapni tushuntirish qiyin bo’lsa o’zbekchada yozib berishingiz mumkin lekin so’zlashganda faqat ingliz tilidan foydalaning. O’zbek tili ishlatilganda qandaydir jarima joriy qilish ham mumkin. Muhimi biroz irodali bo’lsangiz natijasi tez ko’zga tashlanadi.

So’zlashuv klublariga a’zo bo’ling

Image result for english conversation club
Hozirda deyarli har bir o’quv markazlarida tilga oid turli klublar tashkil qilingan. Siz u yerda klub a’zolari bilan turli mavzularda suhbat qurishingiz, bahs-munozaralarda ishtirok etishingiz, biror mavzu yuzasidan fikrlar bildirishingiz mumkin. Odatda bunday klublar bepul yoki juda ham arzon bo’ladi. Bu siz uchun yaxshi imkoniyat! U yerda ham ko’proq faol bo’lishga harakat qiling. Qiynalsangiz ham o’z biror mavzuda o’z nuqtai nazaringizni bildirishga urining.

Ko’zguga qarab so’zlang

Agar sizning ingliz tilini biladigan do’stlaringiz bo’lmasa yoki internetdan unchalik ko’p foydalana olmasangiz unda yana bir samarali usul ko’zguga qarab biror bir mavzuda gapirib og’zaki nutqingizni o’stirishingiz mumkin. Bu usul nafaqat og’zaki nutqingiz balki o’zingizga bo’lgan ishonchni, omma oldida dadil so’zlay olish va suhbatdoshni ko’ziga qarab gapira olish qobiliyatlarini ham o’stiradi. Buning uchun, har kuni kamida o’n daqiqa davomida biror bir mavzuda gaoirishga harakat qiling. O’sha kungi qiziqarli voqealarni so’zlashingiz, biror yoqtirgan mashg’ulotiz haqida yoki kelgusi rejalaringiz umuman hamma hamma narsa haqida so’zlashingiz mumkin.
Agar yana ham ko’proq shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, tasavvur qiling shahringizga chet eldan turist kelgan. Siz unga hamrohlik qilyapsiz. Unga shahringiz haqida so’zlab bering. Nimalarni ko’rsangiz ularni ta’riflab berishga harakat qiling.
2.0K views05:31
Ochish/sharhlash
2020-10-16 07:05:34
АССАЛАМУ АЛАЙКУМ

┈•┈•❁ ❁•┈•┈
Бу кунга етказди шукр қилайлик
Шукр - ла Аллоҳни зикр қилайлик.
Дунё омонатдур фикр қилайлик,
Мўъмин - мусулмонларга

ЖУМА МУБОРАК!!!

┈•┈•❁ ❁•┈•┈

«ИШОНЧЛИ ҲАДИСЛАР»КАНАЛИГА КИРИШ УЧУН БОСИНГ
••••••••••••••••••••••••••••••••••••
Қарзингиз кўпайиб топганингизда барака ёқоляпти. Ўйламанг Пайғамбаримиз мерос қолдирган дуони ихлос билан ўқинг Иншаа Аллоҳ Аллоҳнинг ўзи қарзингизга нажот беради.
ДУОНИ ЎҚИШ УЧУН
1.5K views04:05
Ochish/sharhlash
2020-09-28 19:02:47
#Motivation

CONFIDENCE ~ How To Develop Self-Confidence

Share with your friends
@English_from_0
2.2K views16:02
Ochish/sharhlash
2020-09-23 13:49:45 Vocabulary time

CALL AROUND – tashrif buyurmoq
CALL BACK – qaytib qo’ng’iroq qilmoq
CALL ON – yordam so’ramoq
CARRY OFF – g’alaba qilmoq, kasallikdan o’lmoq
CATCH ON – mashxurlik qozonmoq
CHARGE WITH – jinoyatda ayblamoq
CHEER UP – undamoq, ruhlantirmoq
CHILL OUT – dam olmoq
CLEAR AWAY – manzilni tark etish
CLOSE UP – to’liq yopish, birlashtirish, yaqinlashish
COME DOWN WITH – kasal bo’lmoq
CRY OFF – kelishuvni bekor qilish
TAKE AFTER – o’xshamoq
TUCK AWAY – xavfsiz joyga qo’yish
TURN UP – ovozini ko’tarish, kelish, paydo bo’lish
OWN UP TO – tan olish, bo’yniga olish
OPT FOR – tanlamoq
RECKON ON – eng kamida deb hisoblash
RUN ON – hisobiga yurmoq
ROPE IN – kimnidir yordam berishga jalb qilish
SET ASIDE – sudda davo/hukmni bekor qilish
SHOW OFF – maqtanib ko’z-ko’z qilmoq
WEAR OUT – tamom bo’lgunicha ishlatish
WEAR DOWN – kuchsizlantirish
2.5K views10:49
Ochish/sharhlash