Get Mystery Box with random crypto!

Ish qidirishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar ⠀ Ish qidirishdagi | Software Engineering with mi

Ish qidirishda yoʻl qoʻyiladigan xatolar

Ish qidirishdagi koʻplab xatolar nomzodlarning ishga joylashish imkoniyatlarini cheklaydi. Bundan tashqari, ishga kirish boʻyicha arizangizni koʻrib chiquvchi mutaxassislar juda band kishilar boʻlganligi uchun, odatda, baʼzi rezyumelarni eʼtiborsiz qoldirishadi. Uning ustiga ular bilan suhbat jarayonida yaxshi fikr uygʻota olmasangiz ishga kirishingiz ancha qiyin kechadi.

Ushbu xatolar ish topa olmaslikka sabab boʻladi:

1. Maqsadning noaniqligi

Koʻplar yoʻl qoʻyadigan xato ham shu. Yaʼni siz duch kelgan kompaniyaga rezyume joʻnata olmaysiz. Maqsadi aniq kishilar qaysi kompaniyada, qancha muddatda, qaysi lavozimgacha borishi haqida aniq qoʻllanma tuzib olishadi.

2. Qidiruvni yirik kompaniyalar bilan cheklash

Yirik kompaniyalarni odatda sohaga endi kirib kelganlar qiziqtirmaydi. Katta kompaniyaga ishga kira olmagan yangilar esa ruhan choʻkib qoladi. Startap, kichik kompaniyalar bu sizning imkoniyatingiz. Eng katta tajribalaringizni birinchi ishingizdan olasiz. Kichik kompaniyalar esa tajribangizni oshirish uchun laboratoriyadir. Siz kompaniya bilan birga rivojlanasiz.

3. ijtimoiy tarmoqda akkaunt boʻlmasligi

Oʻzingiz IT bilan shugʻullanasiz-u, qanday qilib ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaysiz? Bugungi globallashuv jarayonida ish beruvchilar hatto akkauntlaringizni ham chetda qoldirishmaydi. Qolaversa, sizni tarmoqda qanchalik koʻp odam tanisa, shunchalik tez ish topishingiz osonlashadi.

4. Oʻzbekchilik ham ish berishi mumkin

Bizda tanish-bilishchilik yaxshi rivojlangan. Yangi boʻlsangiz yaqin qarindoshlaringizdan ish soʻrab koʻring, agar ularda boʻlmasa, doʻstlaridan soʻrab koʻrishlarini ayting. Shunday qilib ham birinchi ishingizga erishishingiz ham mumkin.

5. Qoʻrquv

Kursni bitirib, ish topish vaqti kelganda, negadir ular qoʻrqishni boshlashadi. Masʼuliyat yuklansa “Buni qila olmasam-chi?” degan ikkilanishlar ortadi. Oʻzingizning imkoniyatlaringizni past baholamang, shunchaki ulardan foydalaning!

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube