Get Mystery Box with random crypto!

Real time chat application'lar Reactjs orqali qanday qilinadi? | Software Engineering with mi

Real time chat application'lar Reactjs orqali qanday qilinadi?

Real time application - serverda boʻlgan har qanday oʻzgarishni dastur foydalanuvchilariga bir zumda yetkaza oladigan dastur yoki web sayt.

Hoʻsh, buni amalga oshirishning qanday yoʻllari bor?

1. setInterval(x, y) orqali serverga belgilangan y muddatda http soʻrov joʻnatib, javobni qabul qilish

- Toʻgʻri, bu eng oson va sodda yechimlardan biri. Lekin koʻp foydalanuvchilarga ega boʻlgan dastur serveriga sunʼiy ravishda ogʻirlik yuklanadi. Qoʻshimchasiga networking'ni juda koʻp miqdorda isrof qilib yuboradi. Internet tezligi past boʻlgan paytlarda esa dastur ishlamay qoʻya qoladi.

2. socket.io orqali.

Bu juda oson va ancha effektiv yondashuv. Ishlash prinsipi "ping" orqali. Yaʼni, serverda oʻzgarish boʻlsa hamma foydalanuvchiga bir tomonlama xabar (ping) joʻnatadi. Buning qulaylik tarafi va ishlatish usullari quyidagilar:
• Networking kamligi sabab serverda sezilarli darajada tezlik va sifat yaxshilanadi;
• Telegram kabi chat application'lar va ulardagi userStatus (online/offline) holatlarini yaratish;
Video streaming'lar (katta hajmli fayllarni serverga yuklash paytining oʻzidayoq foydalanuvchilarga uzatish)ni qila olish kabilar

Socket.io ni mustaqil ravishda oʻzining dokumentatsiyasidan yoki YouTube tutorial'lardan oʻrganish mumkin.

Dasturlashda yangi bosqichga koʻtariling!