Get Mystery Box with random crypto!

​​Senga aytay birodar, tur erta namozingga, O‘lik emassan agar | Yunus Emro

​​Senga aytay birodar, tur erta namozingga,
O‘lik emassan agar, tur erta namozingga.

Azon o‘qir muazzin, chaqirar Alloh otin,
Yiqma dining bunyodin, tur erta namozingga.

Gar parvoz etsa qushlar, tasbih uqur og‘ochlar,
Himmat olar qardoshlar, tur erta namozingga.

Namoz o‘qi, zikr ayla, duo qilgin, shukr ayla,
O‘limingni fikr ayla, tur erta namozingga.

Namoz qil yarog‘ o‘lsin, mahsharda dil chog‘ o‘lsin,
Qabringda charog‘ o‘lsin, tur erta namozingga.

Namoz qil iymon ila, yotmagil gumon ila,
Ketmassan armon ila, tur erta namozingga.

Chiqar ketar jon axir, qolar bunda tan axir.
Darvesh Yunus san axir, tur erta namozingga.


Sayfiddin Sayfulloh tarjimasi

Yunus Emro - Bu ishq so‘zini, kim bildi, bilgusidir.