Get Mystery Box with random crypto!

#Taqriz #Jahon_adabiyoti ​​ISHQ IZLA ODAMZOT “U har birimiz | Yunus Emro

#Taqriz #Jahon_adabiyoti

​​ISHQ IZLA ODAMZOT

“U har birimizning o’z ichimizda. Shuning uchun U bizlarni hech qachon tark etmaydi”

Ishq deb atalmish, buyuk mo’jizot, u haqida so’zlayotganda unga munosib bitta so’zdan o’zgasini topolmaysan. Ha, ISHQ faqat O’ziga munosib avvalo!..

2009-yilning Martida “Turkiyaning eng yaxshi ayol yozuvchilaridan biri” unvoni sohibi Elif Shafaq o’zining Ishqqa atalgan eng buyuk asarini ilk bor nashrdan chiqargandi.

Ushbu roman chiqarilgan yilidan buyon ko’p o’qilishi, ishqqa va falsafaga yo’g’rilganligi bilan bestseller maqomini oldi. 2019-yil 5-noyabr kuni “BBC News” o’zining “Eng ta’sirli 100 roman”i ro’yxatiga qo’shdi. 2013-yil Shafaqning bu asari “Guardian”ning eng yaxshi asarlar qatoriga yozildi. Hammaga mashhur va ma’lum “Netflix” esa, eng yaxshi uch asarlardan biriligini ta’kidladi.

Elifning bu asari 40 dan ziyod tillarga tarjima qilingan, shu kungacha, Turkiya va Fransiyada bu asar 750 000 dan ortiq nusxada sotildi. Uning “Istanbul Bastardi”, “Shon-sharaf”, “10 daqiqa-yu 38 soniya” va “Bu g’alat dunyoda” kabi asarlari jahonda nihoyatda mashhur. Hatto, uni vaqtida “Istanbul Bastardi”dagi ba’zi-bir haqiqatlarni pardasiz ko’rsatgani bois, qamashlariga oz bahya qolgan.

Roman din, ishq, ilm va ma’naviyatning eng baland darajadagi qorishmaligi bilan o’zga asarlardan mutlaqo farqlanadi.

Asarning ajib syujetiga nazar solarkansiz, ikki parallel davrning monandligini payqaysiz. Bir tomonda XXI – asrning oqil uy bekasi – Ella hayoti va bir tomonda XII-XIII – asrlarda yashab o’tgan, ikki daho ishqparast – Rumiy va Tabriziylarning zardobli taqdiri. Ikkala tomonga ham bir narsa kerakki, u narsa bu dunyoda yagona, eng buyuk his, faqihlikdagi faqirlik rohatini beruvchi, jam’iki olamning eng mo’tabar ta’riflarini qatorlasangiz ham, bunga tilingiz ojizligini tan olishga majbur bo’ladigan bir ajab mo’jizot kerak edi. Va bu mo’jizot – ISHQ edi!!!

Uy bekamiz HOZIRda obi hayot – Ishq bilan yashashni tislaydilar va shu marom Ellaning bitmish bayoni xotima topadi.

Bizning zamondosh bekamizning oila muhiti va oiladagi uning o’rni haddan quyidaligi, yolg’izligi, faqat majburiyatlar hayot ma’nisini berayotgani balki, oyna tutish uslubiga daxli bordir?!

Jamiyatimizga qarata berilgan bu oynadagi bashara rostan aksimizmi?! Yoinki bizning ham obi hayotni ichish onimiz kelganidan darakmi?!

Shirin shakkoklik”likda Tabriziyning “Ishqqa oid 40 qoida”si aytishiga binoan voqealar tizilib chiqiladi yoxud aksi. Holatlarda qatnashgan har bir salmoqli inson aurasida(ichki tabiati) voqealar bayon etilib boriladi.

Qiziqarli syujet fonida yozuvchi hozirgi kundagi dinning eng katta muammolarini, insonni Ishqgina qutqarishini va yana bir necha aktual mavzularni Ishq ko’lamida olib chiqadi.

Elif Shafaq bu asari xususida, bir intervyuda shunday deydi: – Men bu bilan Uni do’zax qo’rquvi, Jannat saodati uchun emas, shunchaki uni sabab qidirmay, sevish kerakligini aytmoqchi bo’ldim.

Nega aynan shu ikki tomondagi zamonlar paralleldosh maqomiga loyiq ko’rildi yozuvchi tomonidan?

Chunki bu ikkala zamonda qabohat, talqinsizlik, nafsiyat, moddiyat kabi tushunchalar “inson” degan nomni o’z mavqeyidan pastlatdi. Ya’nikim, insonga ta’rif berilganda, kalima tomirida mehr, muhabbat, oqibat, eng ayanchlisi – o’zliligi(insoniylik) sezilmasdi. Bu asl fojea edi. Bu fojeadan qutulishning yagona ilinji – Ishq faqat Ishq edi.

“Inson sevishga qobil zot ekani esingizda bo’lsin. Sevgisiz hikmat yo’qdir. Esingizda bo’lsinki, agar biz Xudoning yaratmishlarni seva olmasak, Xudoni ham chinakamiga seva olmaymiz va bila olmaymiz.”

Umum qilib aytganda, asar bu hayotda inson avvalo, o’zini anglashi orqali Uni anglashi kerak. O’zi kabilarni sevishi orqali Uni sevishi kerak. Uning ISHQI eng buyuk ne’matligi, pok qalb fiqh ustunligini bilish kerak! – degan g‘oyalarni oldinga suradi.

"Bizning dinimiz – ishq dini. Ismlar o’zgaradi, odamlar kelib va ketib turishadi, lekin mohiyat o’shandayicha qoladi."

@Bookvamper