Get Mystery Box with random crypto!

Elchi Muhsinxo’ja Abdurahmonov Yaponiya adliya vaziri janob Yo | Embassy of Uzbekistan in Japan

Elchi Muhsinxo’ja Abdurahmonov Yaponiya adliya vaziri janob Yoshihisa Furukava bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O'zbekiston-Yaponiya hamkorligining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat adliya idoralarining o'zaro aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo'nalishlari bo'yicha muzokaralar olib borildi va ularni amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Adliya vazirlarining o’zaro tashriflari va antikorrupsion ekspertiza yo’nalishida tajriba almashish masalalari muzokaralarning alohida mavzusi bo’ldi va dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.