Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿 Elyor NAZAROV She'rlari ✍️

Telegram kanalining logotibi elyor_nazarov_sherlari — 🇺🇿 Elyor NAZAROV She'rlari ✍️
Telegram kanalining logotibi elyor_nazarov_sherlari — 🇺🇿 Elyor NAZAROV She'rlari ✍️
Kanal manzili: @elyor_nazarov_sherlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.70K
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum, qadrli she'riyat shaydolari! Ushbu kanalda shoir Elyor NAZAROV ijodidan o'rin olgan she'rlarni o'qib, bahramand bo'lishingiz mumkin. E'tiboringizdan xursandman ✨Sizga cheksiz ehtirom ila @Elyor_NAZAROV
Murojaat uchun : 99893 073 6166

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-05-23 18:10:31
Firibgarmas, arslon, tuya,
Inson qalbi nafsga uya.
Tugamaydi qorin dardi,
Qachon tugar korrupsiya?

Agar ketsa vijdonga o't,
Rivojlanmas hech qanday yurt,
Jamiyatni yemirgan qurt,
Qachon tugar korrupsiya?

Esdan chiqqan, savob qilish,
Ish bitirmas, pulsiz yurish,
Hamma joyda tanish bilish,
Qachon tugar korrupsiya?

Zodagonlar amal o'ylar,
Bechoraga qamal o'ynar,
Oddiy xalqni savol qiynar,
Qachon tugar korrupsiya?

Bo'ldimikan mehr qimmat,
Qani hurmat, qani himmat,
Qonga singib ketgan illat,
Qachon tugar korrupsiya?

Azobingni sanab turar,
Boringni ham talab turar,
Cho'ntaginga qarab turar,
Qachon tugar korrupsiya?

G'aflat bosib, keladi dim,
Bilmagan lol, bilganlar jim,
El dardini o'ylagan kim,
Qachon tugar korrupsiya?

Bu Vatanga xiyonatda,
Oqlab bo'lmas jinoyatda,
Pul o'tmaydi qiyomatda,
Qachon tugar korrupsiya?

Elyor NAZAROV

T.me/Elyor_NAZAROV_sherlari
2.9K viewsElyor NAZAROV, 15:10
Ochish/sharhlash