Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! O'zligim, O'zbekligim, | 🇺🇿 Elyor NAZAROV She'rlari ✍️

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

O'zligim, O'zbekligim,
Eng ulug'vor baxtdaman.
Shu yurtda yashashimga,
Ming bor shukur aytaman!

Otam deymu, yo Onam,
Xalqim jon-u yagonam,
Mustaqil hur zamonam,
Shunday toju - taxtdaman!

Qancha yurtlarni ko'rdim,
O'zinga teng kelolmas.
O'zbegim bizga bergan,
Tuzinga teng kelolmas.

Mehring qalblarga chiroq,
Seni sevmaslik gunoh,
Tinchlikka qo'ygan bayroq,
G'ururdaman, ahddaman!

Senga jannat havasda,
Dunyoga doston xalqim.
Ezguliklar payvasta,
Erkimga sulton xalqim.

Shu sabab quvonchlarim,
Ertamga ishonchlarim.
Sevinchdir ko'z yoshlarim,
Ozod yurtda haqdaman.

Noming bol, zabon bo'lsin,
Tinchlik bardavom bo'lsin.
Yurtboshim omon bo'lsin,
Xizmatdaman, shaxtdaman!

She'rim senga Vatanim,
Mustaqillik bayramim.
Asrasin seni tangrim,
Omon bo'l, men baxtdaman!

Elyor NAZAROV

T.me/Elyor_NAZAROV_sherlari