Get Mystery Box with random crypto!

EP: Televideniye xodimlari mutasaddilarning 'orqasini' yopish | Eltuz portali

EP: Televideniye xodimlari mutasaddilarning "orqasini" yopish uchun yolg‘on ma’lumot berdi.

"Eltuz portali"da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Do‘stlik mahallasi Jiydalik soy qishlog‘ida aholi 5 yildan buyon suvsizlikdan qiynalayotganini yozgan edik.

Muammo haligacha bartaraf etilmagan. Aksincha, yopiqlik qozon yopiqligicha qolish maqsadida televideniye xodimi mutasaddilarga sotilgani aytilmoqda.

Eltuz obunachisidan kelgan xabarni o‘zgartirishsiz havola qilamiz:

"Bu lavha noto‘g‘ri va yolg‘on. Hanuzgacha Xasanxon kanali ishga tushirilmadi.

Shu xasanxon kanalning yuqori qismiga ozgina suv haydalib qoʻyib aholiga yetib keladigan joyi yaʼni quyi qismiga umuman kelinmagan va eʼtibor qaratilmagan. Video lavha uchun ozgina suv haydalib tasvir uchun maxsus uyushtirilgan va muammoni hal qildik deb intervyu olgan xolos.

Sardor Lolayev ismli jurnalist tuman mutasaddilarining "orqasini" yopish uchun bu yolg‘on lavhalarni o‘ylab topdi. Besh yuz aholi suv ichadigan kanalning hozirgi kunga qadar suvi yo‘q. Besh yuz xalqni vijdonsizlarcha aldab, "mana suv oqayapti" deb ko‘rsatib respublika televideniyelarigacha
efirda uzatildi. Buni surishtiradigan biron bir vakolatli organlar bormi?

Isbot tariqasida videoni ko‘ring. Hech qanday suv mavjud emas"


@eltuzportali - muammolar yechimi!