Get Mystery Box with random crypto!

EP: “Yangi mahalla tashkil qilinishi negadir ortga surilyapti” | Eltuz portali

EP: “Yangi mahalla tashkil qilinishi negadir ortga surilyapti”

“Samarqand viloyati Payariq tumanidan murojaat qilyapmiz. Nakurt MFY hududida yangi mahalla tashkil qilish uchun 2 yil avval hujjatlar tayyorlangan. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ham bu haqdagi qaror loyihasi e’lon qilingan. Unda qayd etilishicha, Payriq tumani Nakurt mahalla fuqarolar yig‘inining 2020 yil 15 dekabrdagi 1-sonli iltimosnomasini inobatga olgan holda hududda yangi mahalla tashkil etishga qaror qilingan. Loyiha muhokamasi 2021 yil 23 fevralda yakunlangan. Ammo negadir mahallani tashkil qilish 2 yildan beri ortga surilmoqda. Buning sababi nima ekan?”

@eltuzportali - muammolar yechimi!