Get Mystery Box with random crypto!

EP: “Uchastka noziri sayyor qabulga shikoyat qilmaydigan fuqar | ELTUZ

EP: “Uchastka noziri sayyor qabulga shikoyat qilmaydigan fuqarolarni yig‘ib kelibdi”

“Surxondaryo viloyati Termiz tumani Yangihayot mahallasidan murojaat qilmoqdaman. 2 fevral kuni 3-sektor boshlig‘i, ya’ni tuman IIB boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi, lekin atigi 24 ta fuqaroni qabul qildi, xolos. Aholining aytishicha, Yangihayot mahallasi uchastka noziri o‘zi ishongan, shikoyat qilmaydigan fuqarolarni yig‘ib kelibdi. Shu gap rost bo‘lsa, bunday spektaklning nima keragi bor? Yana bir holat. Sayyor qabulda fuqarolarning biron bir murojaati shikoyatlar daftariga yozilmadi. Mahallamizda yashovchi aksar xonadonlar sayyor qabuldan bexabar qoldi. Sektor boshlig‘i nima maqsadda o‘tkazdi o‘zi qabulni?”

@eltuzportali - muammolar yechimi!