Get Mystery Box with random crypto!

@ELCOM_ELEKTRONIKA

Telegram kanalining logotibi elcom_elektronika — @ELCOM_ELEKTRONIKA E
Telegram kanalining logotibi elcom_elektronika — @ELCOM_ELEKTRONIKA
Kanal manzili: @elcom_elektronika
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 107
Kanalning ta’rifi

@ELCOM_ELEKTRONIKA

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-07 15:45:20 #Savol: (DJURAKULOV)
Payalnik stansiya olmoqchi edim qanaqasidan olsam yaxshiroq. Ishlatadigan bormi oramizda.? Maslahat bervoriylar oldindan rahmat

#Javob:
Zamonaviy SMD radio detallar uchun oddiy mis jalalik payalnikdan foydalanish xar doim xam ish beravermaydi. So'nggi vaqtlarda zamonaviy elektronikada remont va montaj uchun payalnik stansiya ommalashyapti. Sizlar bilan birgalikda payalnik stansiyani tanlashda e'tibor berishimiz kerak bo'lgan jixatlarini ko'rib chiqamiz.

Hamma payalnik stansiyalarni ikki turga ajratiladi. Kontaktli va kontaktsiz. Kontaktlisi oddiy stansiya hisoblanadi. Oddiy payalnik faqat yonida elektron bloki bor boshqaradigan. Bunday payalnikni termo regulyatorli payalnik desak ko'pchiligimiz tushunamiz.

Elektron platalar borgan sari kichiklashib ketyapti mikrosxemalar, prosessorlar, oyoqchalari shunday ko'pki, ayrimlarini oyoqchalari ko'rinmaydi.bunday komponentlarni oddiy payalnik bilan payka qilish imkonsiz. Aynan ko'p oyoqli prosessorlar kontaktsiz payka qilinadigan stansiyalar yaratilishiga turtki bo'lgan.

Analog va raqamli stansiyalar. Boshqaruv prinsipiga ko'ra analog va raqamliga bo'linadi. Analog stansiya qiziganda o'chadi sovisa yonadi. Ya'ni qizishini boshqarish oddiy rele orqali boshqariladi. Raqamlida esa termo regulyator orqali boshqsriladi.

Ko'p oyoqli komponentlarni demontaj qish uchun termo feni bor stansiya kerak bo'ladi. Havo oqimini boshqarish uchun xar xil o'lchamdagi nasadkalari bo'lishi kerak. Asosan 3 xil nasadka bo'ladi. Termofenda temperaturani xam, havo sarfini xam boshqariladigan bo'lishi kerak. Shundagina kutilganidek natijaga erishasiz. Oddiy arzonlarida fenni o'zidan nastroyka qilib boshqariladi.

Kontaktsiz payalnik stansiyani yaxshisi bu boshqaruv bloki alohida bo'lgani. Boshqaruv bloki orqali xavo oqimi va haroratni aniq nazorat qila olasiz. Eng keng tarqalgan ommalashgan firmalar ATTEN, AOYUE va LUKEY firmalari mahsulotlari hisoblanadi.

Payalnik stansiya sotib olishda, tagligi qandayligiga xam e'tibor qarating. Payalnikni ishlatib bo'lgandan keyin, qo'yib olishga qulay bo'lishi kerak.
Sotib olishda quvvatiga xam e'tibor qarating o'rtacha 60-90 watt payalnikda foydalaniladi.

Eng asosiy qaratadigan jihat asosiy mezoni bu quvvat hisoblanadi shuning uchun 60-90 w eng zo'r variant hisoblanadi.
Payalnik tanlayotganingizda sotuvchidan so'rasangiz xam ancha muncha bepul maslahat berib sizga yordamlashadi bir biridan farqlari va afzalliklarini tushuntirib beradi.

@ELCOM_ELEKTRONIKA
602 viewsShahobiddin, 12:45
Ochish/sharhlash
2022-07-07 15:45:16
572 viewsShahobiddin, 12:45
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:36:19 #Savol: ( Sardor Maxsetov )
Bitta savol bor, boshlangich o'rganayotganlar uchun klesh olgan yaxshimi yoki multimetr olgan yaxshimi?

#Javob:
Multimetr bilan tok o'lchovchi kleshni tanlashdan oldin, o'zingizga aniqlashtirib olish kerak, ko'proq nimani qaysi kattaliklarni o'lchashni rejalashtirayotganingizni.

Balkim siz elektrik yoki elektronchi bo'lib, ish faoliyatingiz elektr o'lchashlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Balkim sizda uy uchun zarur pribor sifatida har ehtimolga qarshi olib qo'yayotgan bo'lishingiz mumkin.

Aytib o'tamiz oddiy multimetrda ham o'zgaruvchan, o'zgarmas tok va kuchlanishlarni o'lchaydi, shuningdek boshqa ko'plab, qarshilik, diod va boshqa funktsiyalari bor. Lekin multimetrda 10 ampergacha tokni o'lchash imkoni bor xolos.

Yuqorida aytib o'tgan parametrlarni klesh bilan o'lchab bo'lmaydi. Kleshni afzalligi zanjirni ajratmasdan turib tokni o'lchasa bo'ladi. Ayrim joylarda zanjirni uzmasdan tokni o'lchash kerak bo'ladi shunday holatlarda kleshdan foydalanamiz.

Ko'pgina kleshlarimiz kuchlanish va qarshiliklarni ham o'lchash funktsiyalari bor biroq diapazoni oz bo'ladi. Narhi esa multimetrdan qimmat turadi.

Multimetr har qanday maishiy texnika yoki har xil turdagi ro'zg'or buyumlarini ta'mirlashda almashtirib bo'lmas, o'rni beqiyos pribor hisoblanadi.
Baribir har doim multimetr kerak bo'ladi.
Tanlash sizni o'zingizga bog'liq.

@ELCOM_ELEKTRONIKA
661 viewsShahobiddin, 06:36
Ochish/sharhlash
2022-07-06 08:24:12 Sohaga oid Telegram guruhlarni muntazam kuzatib borib, muhokamalarda ishtirok eting. Bilmagan eng oddiy narsangizni ham so’rang. So’rab o’rgangan olim, so’ramagan o’ziga zolim. Telegram kanallarda hech kim bilimini qizgʻanmaydi. Bergan savolingizga qisqa boʻlsa ham javob olasiz.

@ELCOM_ELEKTRONIKA
621 viewsShahobiddin, 05:24
Ochish/sharhlash
2022-07-06 08:24:12 #Savol: (Alisher)
Assalomu alaykum akalar. Men Jiz Politexnika instituti Sirtqi bo'lim EE yo'nalishi talabasiman. O'z yo'nalishimda ish topa olmayapman. Amaliyotda tajribam yo'q. Yaxshi elektrik bo'lishim uchun maslahat bersangizlar.

#Javob:
Va alaykum assalom, bu javobim nafaqat siz uchun, boshqa bitiruvchilar uchun ham.

Iyun oyida elektr ta’minoti mutaxasisligi bo’yicha institut kollejni bitirishadi. Elektriklikka ishga joylashgani, malakasi yo’q elektrik kimga kerak, ayniqsa 3-4 ta savol bilan bilimlarini tekshiradi, tamom, bo’sh joy yo’q deydi. Bo'sh ish o'rinlari xaqidagi e'lonlarni xammasida kamida 3 yil ish staji bo'lsin deydi.

Bir nechta joyda suhbatdan o’tganingizdan keyin bilasizki, 4 yillik o’qishdan keyin hech narsa bilmayman degan xulosaga kelasiz, chunki o’quv jarayoni quyidagi tizim bo’yicha o’tgan: darsga kelasiz o’qituvchi (5 skorostda) darslikdan iloji boricha ko’proq leksiyani aytadi, siz esa ulgurib yozib qolishga harakat qilasiz. Darsdan chiqib o’zingizga savol bering, bugun nimani bildim deb. Boshda hech narsa qolmaydi.

Semestr yakunida esa qancha ko’p bal yiqqaningizni hisoblaysiz. Qiziq-a qancha bilim olingani emas, zachyotkaga qo’ydirgani qancha bal yiqqaningiz muhim.

Haqiqatdan sohangiz bo’yicha foydali ma’lumot beradigan bir nechta o’qituvchi bo’lganda edi, boshda biron narsa qolar edi. Biz o’qiganda malakali ustozlar bor edi, oylik pastligidan ular ham bilim yurtini tark etishgandi. Ular kitobdagi leksiyaga yopishib olishmasdi, ayrimlari yaqin do’stdek gaplashardi.

Aytish kerakki oliy o'quv yurtida sizga faqat elektr sohasini egallashingiz uchun fundament vazifasini bajarib beradi xolos. Zavodlarimizda ko'pgina kuchli elektromontajchilarni mustaqil o'rganib professional darajaga chiqqanini uchratamiz ular zavodga ishga kirib olish uchun faqat texnikum diplomi bo'lgan xolos. Ayrim korxonalarda elektriklarni 90% ishga kirganidan keyin ko'rib yurib o'rganishadi.

Birinchi ish joyingiz kelajakda qanday darajadagi elektrik bo’lishingizda muhim o’rin tutadi. Chunki institutda sizga o’rgatishmagan narsalarni amaliyotda ishdagi ustozlarda o’rganish imkoniyati bo’ladi. Qanday qilib bo’lmasin iloji boricha katta zavodlarga ishga joylashing.

Xo'sh qanday o'rgansa bo'ladi unda?
O'sha institut diplomi bilan ishga kirgandan keyin o'rganadi, aksariyat bitiruvchilar, har holda bizda shunday. Chunki ishga kirgandan keyin, to'g'ridan to'g'ri amaliy bajarib ko'rasiz.

Har bir korxonani o'zini, ish xususiyati, nozik taraflari bo'ladi, Oliy ma'lumotli ekansiz deb, o'qishdan keyin birdan mustaqil ish bajarishga ruxsat bermaydi.
Shuning uchun ishlashga ruxsatnoma, guvohnoma olish uchun, ikki oy rosa o'qiysiz, imtihon topshirasiz, atrofingizda hammasi tajribali, yoshi katta hamkasb elektriklar, so'rab yetarlicha o'rganasiz, undan keyin mustaqil ishlashga ruxsat beradi. Ish faoliyatingizda yildan yilga tajribangiz oshib boraveradi. Shu sababli ishga kirgandan keyin tez o'rganadi.

Hamma elektrik ham avval boshdan kuchli bo'lmaydi, ishdagi vaziyat sizni o'rganishga taqozo etadi. Amaliy malakani egallash. Deyarli ko'p sonli elektriklar dastlabki malaka, ko'nikmalarini, korxonada soha bo'yicha ishlab egallashadi. Tajribali ishchilar bilan muloqot qilib, birgalikda ish bajarib ko'rib yurib, o'z tajribasini orttirib boradi.

Kitob oʻqisangiz, kitobda eng mayda elementlargacha boshdan oyoq tushuntiriladi. Kitobda avvalo sizda elektron nima, atom, zaryad, kuchlanish, tok, zanjirda tokning harakati haqida tasavvur va tushuncha hosil boʻladi. Har bir elementni hisob-kitobi bor Om qonuni Kirxgof qonunlarini, formulalarni bilmasdan oʻrganish qiyin masala. Asosan fizika kitobini elektr bo'limini oʻrganib chiqish kerak.

Elektrotexnika boʻyicha videodarslarni koʻrishni oʻzi bilan oʻrganish qiyin, chunki Youtubedagi darslarda men oʻzim ham oʻqigan oʻrgangan narsalarimni uchdan birini, asosiy joylarini koʻrsatib beraman xolos, vaqt chegaralangan ko'p gapirsa video hajmi kattalashib Mb ko'payib ketadi.
@ELCOM_ELEKTRONIKA
873 viewsShahobiddin, edited  05:24
Ochish/sharhlash