Get Mystery Box with random crypto!

@ELCOM_ELEKTRONIKA

Telegram kanalining logotibi elcom_elektronika — @ELCOM_ELEKTRONIKA E
Telegram kanalining logotibi elcom_elektronika — @ELCOM_ELEKTRONIKA
Kanal manzili: @elcom_elektronika
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 107
Kanalning ta’rifi

@ELCOM_ELEKTRONIKA

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-09 03:50:33
ELCOM kanali adminlari sizni, Qurbon hayit bayrami bilan chin ko'ngildan muborakbod etadi.

Alloh taologa oilamiz, elu yurtimiz bilan birgalikda bugungi qutlugʻ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz.

Musulmonlarning muqaddas bayrami bo’lmish Qurbon hayiti bilan barchangizni chin yurakdan tabriklaymiz!

Moʻmin-musulmon birodarlarimizni, barcha doʻst va hamkorlarimizni samimiy qutlab, tinchlik omonlik, xotirjamlik tilaymiz!

@ELCOM_ELEKTRONIKA
612 viewsShahobiddin, 00:50
Ochish/sharhlash
2022-07-08 20:38:51 #Savol: (Suxrob Abdunazarov)
Assalom alaykum!
Montajga shu kabeldan foydalanish qulayliklari va noqulayliklari haqida fikr bildirsayizlar!

#Javob:
Va alaykum assalom.
Bu kabel uy elektr montaji uchun tavsiya qilingan VVG yoki NYMga nisbatan arzonligi tufayli ko'p foydalaniladi. Biroq, PUGNP kabel yong'in xavfi sifatida PUE qoidalariga ko'ra foydalanish taqiqlanadi.


Ko'p simli ikki yoki uch tolalik mis kabelni, har bir tola izolyatsiyasi 0.3 mm dan kam bo'lmagan qalinlikda alohida rangda chiqariladi.

Texnik xususiyatiga ko'ra chastotasi 50 gers, kuchlanishi 250 voltdan ortmagan tarmoqda foydalaniladi.

Nima uchun montajda taqiqlanishini ko'rib chiqaylik:

1) Foydalanish muddati 15 yil.

2) PUGNP kabeli o'tkazgich izolyatsiyasi qalinligi PUE talabiga javob bermaydi (talab bo'yicha, minimum 0.4-0.5 mm bo'lishi kerak)

3) Namlik bor binolarda. Vaqt o'tishi bilan, izolyatsiyasida yoriqlar paydo bo'ladi va tok utechkasi paydo bo'ladi. Birinchi bo'lib UZO qurilmasi buni sezadi va tez tez tashlab yuboradi.

4) Hammom saunalarda foydalanib bo'lmaydi, PUGNPni xarakteristikasida ishchi harorati +50 gradusdan oshmasligi kerakligi ko'rsatilgan.

5) Quvvati katta iste'molchilarni (elektr plita, isitgich) yoki ishga tushish toki yuqori bo'lgan qurilmalar kondisioner, elektr dvigatellarni ulab bo'lmaydi.

6) Ochiq havoda himoya qobig'isiz foydalanish mumkin emas. Gofrasiz tortib bo'lmaydi. Shuningdek vaqtinchalik ham yerga yotqizib bo'lmaydi. Bog'lam qilib yotqizish mumkin emas, izolyatsiyasi yupqaligi sababli yong'in xavfi yuzaga keladi. Bir biriga burab ulash taqiqlanadi.

7) Eskirgan texnik shartlar bo'ycha o'tkazgich ko'ndalang kesimi 30 % gacha xatolikka ruxsati bilan ishlab chiqarilgani uchun, o'tkazgichni butun uzunligi bo'ylab kesimiga hech kim kafolat bermaydi. Ayrim joylarida tola ingichka bo'lishi ham mumkin. Ya'ni 2.5 mm2 deb olayotgan kabelingiz amalda 2 mm2 chiqishi mumkin.

Siz 2.5 kvadratga mo'ljallab iste'molchi ulasangiz, 30 % hatolik bilan bu kabel hatto 1,75 mm2 chiqishi, oqibatda yuklama ko'p bo'lmasa ham yong'inga olib kelishi mumkin. Markirovkaga ishonib qolmasdan bu kabelni albatta shtangensirkulda kesimini o'lchash kerak.

Statistika shuni ko'rsatadiki yong'inlarni asosiy qismi aynan PUNGP kabellardan kelib chiqadi.

Eng muhimi, edda tuting: bu kabrlga hech qachon isituvchi qurilmalarni ulash mumkin emas.

@ELCOM_ELEKTRONIKA
473 viewsShahobiddin, 17:38
Ochish/sharhlash
2022-07-08 20:38:46
433 viewsShahobiddin, 17:38
Ochish/sharhlash
2022-07-08 17:06:10
666 viewsShahobiddin, 14:06
Ochish/sharhlash
2022-07-08 16:48:25
Ajoyib
493 viewsShahobiddin, 13:48
Ochish/sharhlash
2022-07-08 14:42:32
1.0K viewsてXISLATBEKPROPROて ELECTRIC₯₰ , 11:42
Ochish/sharhlash
2022-07-08 14:23:52 #Savol: (Elbek Tuxtayev)
Assalomu alaykum NO'A va A asboblariga beriladigan kuchlanish qancha? Chiqish signallari necha volt yoki necha amper.

#Javob:
Istalgan ishlab chiqarish korxonalarini avtomatlashtirishda, turli xil datchiklar va ijro etuvchi qurilmalarda foydalaniladi. Bu datchiklar kontroller va modullar bilan bog'langan bo'ladi, ya'ni kontrollerlar datchiklardan signalni olib ijro etuvchi qurilmalarni boshqaradi.

Agar kontrollerga ulangan har bir datchik yoki qurilmalarni o'zini alohida bog'lovchi interfeysiga ega bo'lsa, u holda turli ishlab chiqaruvchilarni har bir datchigi uchun o'ziga xos parametriga ega alohida kontroller o'rnatish kerak bo'lar edi.

Shuning uchun sanoat avtomatikasida signallarni yagona tizimiga keltirish qabul qilingan. Bu avtomatika tizimiga xizmat ko'rsatish, yangilarini ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, muammolarni bartaraf etishni soddalashtiradi.

Ya'ni, agar biror datchik ishdan chiqsa, bir xil chiqish signaliga ega bo'lgan, turli ishlab chiqaruvchilarni, tipi bir bo'lgan boshqa datchiklari bilan almashtirish mumkin.

Ishlab chiqarishda signallarni ikki turidan foydalaniladi.

1. Analog
Ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan signal turi, analog tok signali 4-20 mA.

Bunday signal datchikdagi parametrni o'zgarishini real vaqt rejimida kontrollerga uzatib turadi. Bunday signal yordamida, texnologik jarayon parametrlarini boshqarish mumkin. Odatda datchikni ishlashi uchun 24 volt o'zgarmas kuchlanish berib, undan chiqish signali 4-20 mA olinadi.

Masalan bosim datchigi va boshqaruv klapanini olaylik, agar tizimda bosim paslayotgan bo'lsa, datchikdan chiqayotgan tok signal ham ozayadi, u holda boshqaruv klapani asta sekin avtomatik ochilishni boshlaydi, ya'ni unda ham tok signali o'zgarayotgan bo'ladi. Ko'rinib turibdiki operator ishtirokisiz, tizim avtomatik ravishda boshqarilyapti.

2. Diskret
Bu oddiy signal, u bor yoki yo'q. Bizda diskret signal sifatida DC 24 voltdan foydalaniladi, boshqa joylarda ham shu. Ya'ni bu signal texnologik jarayon parametri o'zgarishini real vaqtda uzatib turmaydi. Signal qaysidir aniq parametrga erishganda kontrollerga yoki ijro etuvchi mexanizmga uzatiladi.

Aytaylik sig'im 100 % to'lsa datchik ichidagi rele 24 volt diskret signalni kontrollerga uzatadi, sig'im sathi pastlasa datchik relesi ulanmaydi signal chiqmasdan 0 volt bo'lib turadi.

Soddaroq tushuntiraman. Masalan diskret signalga ega sath o'lchash datchigini olaylik. Operatorga faqat ikki hxl holatdagi ko'rsatkichni uzatadi. Qachonki sig'im bo'sh bo'lsa, "0" yoki sig'im to'lsa "1" signalini uzatadi.

Savolni qisqacha javobi:
NO'A va A asboblariga beriladigan kuchlanish DC 24 volt.
Chiqish signallari diskret bo'lsa 24 volt, analog bo'lsa 4-24 mA bo'ladi.

@ELCOM_ELEKTRONIKA
477 viewsShahobiddin, edited  11:23
Ochish/sharhlash
2022-07-08 14:23:47
663 viewsShahobiddin, 11:23
Ochish/sharhlash
2022-07-08 06:45:25
Яна бир Жума ва Арафага етказган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин! ҚАДРДОНЛАРИМ АРАФА ВА ЖУМА айёмингиз муборак бўлсин!!!

@elcom_elektronika
600 viewsXISLATBEKPRO ELECTRIC₯₰ , edited  03:45
Ochish/sharhlash