Get Mystery Box with random crypto!

Bakhtiyor Elboyev | Minds

Telegram kanalining logotibi elboyev — Bakhtiyor Elboyev | Minds B
Telegram kanalining logotibi elboyev — Bakhtiyor Elboyev | Minds
Kanal manzili: @elboyev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 148
Kanalning ta’rifi

Shunchaki IT(AyTi) haqida gaplashamiz.

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-05 06:01:56
INKAPSULYATSIYA

Inkapsulyatsiyaga misol:
- Shashlik yemoqchisiz, shashlikchini oldiga bordingiz
- Mana 2 kg go'sht,1kg qiyma,1kg jaz shashlik bo'lsin
- Go'shtni berasiz, u sizga tayyor shashlik qilib beradi

Nimasi inkapsulyatsiya?
- Shashlikchi - Class
- Unga go'sht berasiz - constructor
- Shashlikka qo'shiladigan ziravorlar - property
- Shashlik qilish uchun myasarovkadan chiqaradi, marinovka qilish, muzlatadi - bular methodlar
- Shashlikga qo'shadigan ziravori bor, uni faqat shashlikchi biladi - private property
- Shashlik sixdan oqib tushmaslik uchun xxx ishni qiladi, bu ham uni siri - private method
- Shashlikchi shu sirlarini faqat farzandlariga o'rgatgan, ular ham bu shashlik qilish usulidan foydalanishadi - protected method

Siz shashlikchini qanday tayyorlaganiyu nimalar qo'shganini, hammasini bilolmaysiz, lekin shashlik tayyor.
U shu private va protected sirlarini tashqariga chiqarishni xohlamaydi - manashu inkapsulyatsiya, ya'ni sirlarini himoyalaydi.
Shashlikchi - ota bobolaridan shashlik qilish sirlarini avlodlariga meros qilib qoldiradi - Inheritance
O'sha shashlikchi kerak paytda somsa ham tayyorlay oladi.
Bunisi polymorphism.
Xato misol bo'lsa iltimos to'g'rilang.

Sardor Dushamov

P.s. Yaxshi o'xshatish.
Tasavvur qilib o'rganish ancha oson albatta.

@elboyev
557 viewsedited  03:01
Ochish/sharhlash
2022-08-04 13:02:09
Overall Band Score 3.29
479 views10:02
Ochish/sharhlash
2022-08-04 06:01:02 THINK JAVA - HOW TO THINK LIKE A COMPUTER SCIENTIST

Dasturlashni kitoblardan o'rganing.
Dasturlashda yangilar uchun yaxshi kitob.
2016-yil nashr etilgan bo'lsa ham Java dasturlash tili juda yaxshi yoritib berilgan.

@elboyev
999 viewsedited  03:01
Ochish/sharhlash
2022-07-29 06:00:00 ANDROID DEVELOPER YO'L XARITASI (2022)

ROADMAP
- bu biror maqsadga erishishingiz uchun bosib o'tishingiz kerak bo'lgan tartiblangan yo'l xaritasi.

Android ilovalar ishlab chiqishni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun.

@elboyev
550 viewsedited  03:00
Ochish/sharhlash
2022-07-25 06:00:48
CARBON | UGLEROD

IT olamiga yana bir yangi dasturlash tili kirib keldi!


C++ ning sekin rivojlanishidan hafsalasi pir bo'lgan Google muhandislari taniqli, ammo qarib qolgan C++ ning vorisi sifatida Carbon deb nomlangan yangi "eksperimental" ochiq kodli dasturlash tilini ishga tushirishdi.

Va u birinchi marta 2022-yil 19-iyul sanasida CppNorth konferentsiyasida Carruth Chandler tomonidan ommaga taqdim etildi.

Tilning asosiy xususiyati: sodda o'qilishi va "ikki tomonlama o'zaro muvofiqligida".
Ya'ni C++ va Carbon o'rtasidagi o'zaro almashinuv. Java va Kotlin dasturlash tili singari.

16k Stars. Fikrimcha C++ dasturchilariga ma'qul kelgan ko'rinadi.

P.S: Agar siz bugun Carbon dasturlash tilida kodlashni boshlasangiz, suhbatda: "Men Uglerod yaratilganidan beri kod yozaman!" deyishingiz mumkin :)

@elboyev
418 viewsedited  03:00
Ochish/sharhlash
2022-07-24 20:51:42SOFT SKILL | HARD SKILL

Nima uchun SOFT SKILL HARD SKILL dan ko'ra muhim hisoblanadi?
Keling avval ikkisiga batafsil to'xtalib o'tsak.

HARD SKILLS bu sodda qilib aytganda ta'lim muassasalarida, kasb-hunarga o'qitish markazlarida o'rganiladigan bilim va ko'nikmalardir.
Ya'ni qaysi soha bo'lishidan qat'iy nazar ish bajarishda talab qilinadigan ko'nikmalar hisoblanadi. Misol uchun, agar siz arxitektor bo'lsangiz matematika, qurilishga oid qonunlar va me'yorlarni, kompyuter savodxonligini, tilni, kerakli dasturlarni yaxshi bilish talab etiladi va bu sizdagi hard skill hisoblanadi.

SOFT SKILLS esa kishining jamoaviy ish faoliyatda yaxshi jamoa a'zosi bo'lishiga yordam beradigan xususiyatlar sifatida qaraladi.
Ya'ni sizdagi bilimlar emas, balki turli vaziyatlarda namoyon qiladigan xatti-harakatlaringiz nazarda tutiladi: moslashuvchanlik, muloqot qobiliyati, xarakter yoki shaxsiy xususiyatlar, munosabatlar, tafakkur, martaba atributlari, ijtimoiy hamda hissiy fikrlash va boshqalar.

SOFT SKILL har doim HARD SKILL ga qaraganda muhim hisoblanadi. Sababi real ish jarayonida jamoaviy ahillik va hamjihatlik, o'zaro hurmat, bir-birini tushuna olish kabi bir nechta hislatlar alohida baholanadi. Sodda aytganda, boshqalar fikrini nazarga ilmaydigan bilimdon hech kimga kerak emas!

Aytib o'tish kerakki, bugungi kunda deyarli barcha ish beruvchilar ushbu ikki ko'nikmaga alohida e'tibor qaratishadi. O'zingizdagi soft skill (yumshoq ko'nikmalar) ni resume ga kiritib o'tish sizni boshqa nomzodlardan ajralib turishingizga yordam beradi.

@elboyev
273 viewsedited  17:51
Ochish/sharhlash
2022-07-23 06:34:51 Bugun shu kanalni yuritishga qaror qildim.
O'ylaymanki barchaga foydali bo'ladi
248 views03:34
Ochish/sharhlash