Get Mystery Box with random crypto!

CARBON | UGLEROD IT olamiga yana bir yangi dasturlash tili ki | Bakhtiyor Elboyev | Minds

CARBON | UGLEROD

IT olamiga yana bir yangi dasturlash tili kirib keldi!


C++ ning sekin rivojlanishidan hafsalasi pir bo'lgan Google muhandislari taniqli, ammo qarib qolgan C++ ning vorisi sifatida Carbon deb nomlangan yangi "eksperimental" ochiq kodli dasturlash tilini ishga tushirishdi.

Va u birinchi marta 2022-yil 19-iyul sanasida CppNorth konferentsiyasida Carruth Chandler tomonidan ommaga taqdim etildi.

Tilning asosiy xususiyati: sodda o'qilishi va "ikki tomonlama o'zaro muvofiqligida".
Ya'ni C++ va Carbon o'rtasidagi o'zaro almashinuv. Java va Kotlin dasturlash tili singari.

16k Stars. Fikrimcha C++ dasturchilariga ma'qul kelgan ko'rinadi.

P.S: Agar siz bugun Carbon dasturlash tilida kodlashni boshlasangiz, suhbatda: "Men Uglerod yaratilganidan beri kod yozaman!" deyishingiz mumkin :)

@elboyev