Get Mystery Box with random crypto!

EKG DARSLARI

Telegram kanalining logotibi ekg_darslari — EKG DARSLARI E
Telegram kanalining logotibi ekg_darslari — EKG DARSLARI
Kanal manzili: @ekg_darslari
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.78K
Kanalning ta’rifi

EKG ni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun Elshodbek Jalolov tomonidan tuzilgan maxsus baza kanal:

🚩 t.me/EKG_darslari_kursi
🚩 youtube.com/@SoglomYurak
📔 Qo'llanmalar
🎞 Videodarslar
📸 Rasmlar
🔊 audiolar
☎️ @Dr_Cardion

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-09 08:47:02 #work_hard

Manzil tomon aniq qadam tashlang, Jarayondan zavq oling...

https://youtube.com/shorts/DqXtGbYfd-g?feature=share
1.9K viewsDr Cardion, 05:47
Ochish/sharhlash
2022-08-08 19:46:23 Mitral Regurgitatsiya

https://telegra.ph/Mitral-Regurgitatsiya-08-06
1.8K views𝐄𝐥𝐬𝐡𝐨𝐝 𝐉𝐚𝐥𝐨𝐥𝐨𝐯, 16:46
Ochish/sharhlash
2022-08-07 16:44:46 Miokard Infarkti asoratlariga quyidagilar kiradi:

Interventrikulyar septumning yorilishi

Qorincha erkin devorining yorilishi.

Bular kamdan-kam holatlarda uchraydi va So'rgichsimon mushaklarning yorilishi bo'lsa, o'tkir MI dan keyin bemorlarning 1%ida kuzatiladi, ammo bu darhol sodir bo'lmaydi. Bu odatda MI dan 3-5 kun o'tgach sodir bo'ladi va ko'pincha Pastki devor MI bilan og'rigan bemorlarda kuzatiladi.

Bunday holda, bu bemor ham nafas qisilishidan shikoyat qiladi va uning ko'krak qafasi rentgenogrammasida katta miqdorda o'pka shishi aniqlanadi. Bu mitral etishmovchilik va natijada yurak etishmovchiligiga olib keladigan So'rgichsimon mushak yorilishi natijasidir. Ushbu yorilish tufayli klapn tavaqalari yetarlicha qisqara olmaydi. Yuragi auskultatsiyasida yurak cho'qqisida va qo'ltiq ostiga tarqaladigan yangi sistolik shovqinini eshitasiz, bu mitral etishmovchilikdan dalolat beradi. Vaqt o'tishi bilan organizm kompensatsiya qilolmay, suyuqlikning o'pka toqimasiga o'tishi va o'pka shishiga olib keladigan mitral etishmovchiligi kuzatiladi.

Qorincha Devorining Yorilishi
MI dan keyin yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlardan biri bo'lsa-da, bu bemorda klassik tarzda yurak tamponadasining belgilari namoyon bo'lmadi (Bek triadasi - gipotenziya, bo'g'iq yurak tovushlari, bo'yin tomirlarining kengayishi).

Dressler sindromi
Perikardit bo'lib, MI dan keyin asorat sifatida ham paydo bo'lishi mumkin, ammo odatda MI.dan 10 hafta o'tgach paydo bo'ladi va odatda ko'krak qafasidagi og'riqlar va isitma bilan namoyon bo'ladi.

Pnevmoniya
Garchi bu bemorda o'pka shishi va nafas qisilishi bo'lsa-da, yurakning sistolik shovqini, yo'tal yoki isitma kabi yuqumli alomatlarning yo'qligi pnevmoniya tashxisiga zid keladi.

@EKG_DARSLARI
1.9K views𝐄𝐥𝐬𝐡𝐨𝐝 𝐉𝐚𝐥𝐨𝐥𝐨𝐯, edited  13:44
Ochish/sharhlash
2022-08-07 16:44:44
To'g'ri javob - So'rgichsimon mushaklarning yorilishi.(M.Papillaris rupture)

So'rgichsimon muskullarning yorilishi miokard infarktidan (MI) keyin yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlardan biridir. So'rgichsimon muskullar qorinchalardan ajralib chiqib, ular mitral klapnning varaqcha(tavaqa)larini qorinchaga bog'laydi. Sistola paytida kalapnning teskari ochilib, Regurgitatsiya oqimini oldini oladi. MI paytida bu mushaklar ishemik nekroz tufayli yorilib, sarkomerlar uzilib qolishi mumkin va natijada yuqoridagi bemor holatida ko'rilgan yurak etishmovchiligi belgilariga olib keladi.

1. Mitral Regurgitatsiya sistolik shovqinni izohlaydi
2. Rentgenogrammasi o'pka giperemiyasi, o'pka shishi va nafas qisilishi hamda yurakning o'ng tarafiga yuklamani ortganligini izohlaydi

@EKG_DARSLARI
1.5K views𝐄𝐥𝐬𝐡𝐨𝐝 𝐉𝐚𝐥𝐨𝐥𝐨𝐯, 13:44
Ochish/sharhlash
2022-08-07 08:03:49 Assalomu Alaykum shifokorlar

Yakshanba dam olish kuni
Ota-onangiz, oila azolaringiz, farzandlaringiz, o'zingiz uchun ajratilish kerak bo'lgan kun. Kunni yaxshi narsalarga sarflang, Mazza qilib maroq oling. Kuningiz fayzli va barokatlik
o'tsin

Mehr qolur, muhabbat qolur
1.7K views𝐄𝐥𝐬𝐡𝐨𝐝 𝐉𝐚𝐥𝐨𝐥𝐨𝐯, edited  05:03
Ochish/sharhlash
2022-08-06 19:58:30
Simptomlarni kelib chiqishiga nima sabab bo'lgan?
Anonymous Quiz
31%
Pnevmoniya
18%
M.Papillaris uzilib ketishi
35%
Dressler sindromi
16%
Qorincha devori yirtilishi
460 voters1.8K views𝐄𝐥𝐬𝐡𝐨𝐝 𝐉𝐚𝐥𝐨𝐥𝐨𝐯, 16:58
Ochish/sharhlash
2022-08-06 19:57:45
56-yoshli bemor nafas qisayotganidan shikoyat qilib keldi. Ko'krak qafasi rentgenogrammasi buyurildi va natijasi yuqoridacha.
Yaqindagina u pastki devor miokard infarkti bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Tekshiruvda o'pka auskultatsiyasida diffuz xirillashlar va yurak cho'qqisida eng baland sistolik shovqin eshitilib turibdi va u qo'ltiq ostiga radiatsiya beryapdi.
Siz nima deb o'ylaysiz?

@EKG_DARSLARI
1.8K views𝐄𝐥𝐬𝐡𝐨𝐝 𝐉𝐚𝐥𝐨𝐥𝐨𝐯, edited  16:57
Ochish/sharhlash
2022-08-05 21:31:05
#NO_COMMENT
2.3K viewsDr Cardion, 18:31
Ochish/sharhlash