Get Mystery Box with random crypto!

Miokard Infarkti asoratlariga quyidagilar kiradi: Intervent | EKG DARSLARI

Miokard Infarkti asoratlariga quyidagilar kiradi:

Interventrikulyar septumning yorilishi

Qorincha erkin devorining yorilishi.

Bular kamdan-kam holatlarda uchraydi va So'rgichsimon mushaklarning yorilishi bo'lsa, o'tkir MI dan keyin bemorlarning 1%ida kuzatiladi, ammo bu darhol sodir bo'lmaydi. Bu odatda MI dan 3-5 kun o'tgach sodir bo'ladi va ko'pincha Pastki devor MI bilan og'rigan bemorlarda kuzatiladi.

Bunday holda, bu bemor ham nafas qisilishidan shikoyat qiladi va uning ko'krak qafasi rentgenogrammasida katta miqdorda o'pka shishi aniqlanadi. Bu mitral etishmovchilik va natijada yurak etishmovchiligiga olib keladigan So'rgichsimon mushak yorilishi natijasidir. Ushbu yorilish tufayli klapn tavaqalari yetarlicha qisqara olmaydi. Yuragi auskultatsiyasida yurak cho'qqisida va qo'ltiq ostiga tarqaladigan yangi sistolik shovqinini eshitasiz, bu mitral etishmovchilikdan dalolat beradi. Vaqt o'tishi bilan organizm kompensatsiya qilolmay, suyuqlikning o'pka toqimasiga o'tishi va o'pka shishiga olib keladigan mitral etishmovchiligi kuzatiladi.

Qorincha Devorining Yorilishi
MI dan keyin yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlardan biri bo'lsa-da, bu bemorda klassik tarzda yurak tamponadasining belgilari namoyon bo'lmadi (Bek triadasi - gipotenziya, bo'g'iq yurak tovushlari, bo'yin tomirlarining kengayishi).

Dressler sindromi
Perikardit bo'lib, MI dan keyin asorat sifatida ham paydo bo'lishi mumkin, ammo odatda MI.dan 10 hafta o'tgach paydo bo'ladi va odatda ko'krak qafasidagi og'riqlar va isitma bilan namoyon bo'ladi.

Pnevmoniya
Garchi bu bemorda o'pka shishi va nafas qisilishi bo'lsa-da, yurakning sistolik shovqini, yo'tal yoki isitma kabi yuqumli alomatlarning yo'qligi pnevmoniya tashxisiga zid keladi.

@EKG_DARSLARI