Get Mystery Box with random crypto!

“Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib | IT taʼlim

“Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov
, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova,  
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili Sara Noshadi so'zga chiqdi.

Forum butun Respublikamiz bo‘ylab  jami 322 nafar pedagog xodimni qamarab oldi.

Tadbir doirasida fidoyi ustozlardan 24 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ko’krak nishonlari O’zbekiston Qahramonlari Muhabbat Sharopova, Anor Mahmudova, O'zbekiston xalq o'qituvchilari Baxtiyor Abdiyev va Rahmatilla Karimovlar tomonidan ustozlarga topshirildi. 


Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter