Get Mystery Box with random crypto!

“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi inklyuziv IT-oromgohga t | Maxsus ta'limda metodik xizmat

“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi inklyuziv IT-oromgohga tashrif buyurdi.
 
Andijon viloyatiga tashrif davomida Ziroat Mirziyoyeva «Zamin Education» loyihasi doirasida tashkil etilgan inklyuziv IT-oromgoh ishtirokchilari bilan uchrashib, ularni o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tugatganlari bilan tabrikladi.
 
Besh kun davomida katta sinf o‘quvchilari ta’lim, muloqot va ijod salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladigan to‘siqlarsiz inklyuziv muhitda dasturlash va robototexnikani o‘rgandilar, kompyuter ilovalarini yaratish ko‘nikmalarini o‘zlashtirdilar.
 
Oromgoh navbati yakuniga yetgani munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda bolalar uchun yana bir xushxabar - www.zamineducation.uz IT-platformasidagi resurslar kontenti yanada kengaygani haqida e’lon qilindi. Bu axborot texnologiyalarini chuqurroq o‘rganish hamda sohadagi zamonaviy professional talablarga javob beradigan mutaxassis bo‘lib yetishishga yordam beradi.

Zamin | Facebook | Instagram