Get Mystery Box with random crypto!

​​Muvaffaqiyatli talabaning 10 ta qoidasi (davomi) 6. O'zingi | Educonnect | Chet elda o'qish

​​Muvaffaqiyatli talabaning 10 ta qoidasi (davomi)

6. O'zingizning oson o'rganish usulingizni aniq qiling
Hamma odamlarda umumiylik bor bo'lishiga qaramasdan, har kim har xil o'rganadi. O'zingiz hali sinab ko'rmagan o'quv usul va ko'nikmalarini sinab ko'ring. Inson miyasi juda moslashuvchan tizimdir. Bir nechta o'quv strategiyalari va uslublaridan foydalanish va ularni har xil topshiriqlar bilan birlashtirish mumkin.

7. O'qishning ilk kunlaridanoq kelajakdagi kasbingiz haqida bosh qotiring
Kelajak mavhum bo'lmasligi kerak. Sizning asosiy maqsadingiz professional bo'lish va yaxshi ish topishdir. Agar siz ish beruvchiga zarur bo'lgan ko'nikma va tajribani to'liq namoyish qilsangiz, buni olasiz. Universitetda o'qish davomida quyidagilarga ega bo'lishga harakat qiling: jamoaviy ishlash ko'nikmalari (team working skills); muammolarni hal qilish qobiliyatlari; ijodiy fikrlash; o'z-o'zini boshqara bilish qobiliyatlari. Buning uchun barcha imkoniyatlaringizdan foydalaning, shu jumladan guruhdagi vazifalar, amaliyot va boshqalar.

8. Natijalaringizni kuzatib boring va o'zingizni xolis baho berishga o'rganing
O'zingizni rivojlantirish uchun bosgan qadamlaringizni yozing. Rivojlanish siz uchun nimani anglatishini o'zingiz aniqlang. Bu o'zingizni shaxsiy muammolaringiz yechimi (masalan, topshiriq uchun ma'lum bir baho olish) yoki muammoni hal qilish uchun kichik qadam bo'lishi mumkin (masalan, o'qituvchiga birinchi marta savol berish, vaqtni taqsimlash muammosi bo'lsa, o'z vaqtida qanday yetib borishini o'rganish).

9. Ma'lumotlardan to'g'ri foydalanishni o'rganing
Ko'pgina universitetlarda siz javobda keltirgan ma'lumotlar hajmi emas, balki ma'lumotlarni qanday ishlatishingiz baholanadi. Imtihon uchun tanlangan xatboshilarini shunchaki yodlash yetarli emas. Siz foydali ma'lumotlarni baholash va tanlash, muhim bo'lmagan ma'lumotlardan voz kechish kabi mahoratlar shakllanishi zarur.

10. Dam olishni o'rganing
Agar siz ko'p o'qib charchasangiz va diqqatingizni bir joyga jamlay olmasangiz, o'qishlaringiz samarasiz bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun dam olish kunlari va bayramdagi ta'tillarni qadriga yering va to'g'ri dam olishni ham yo'lga qo'ying.

Educonnect sizlarga foydali ma'lumot berishdan doimo mamnun!

@educonnect