Get Mystery Box with random crypto!

​​Muvaffaqiyatli talabaning 10 ta qoidasi ⠀ Sizga talabalar uc | Educonnect | Chet elda o'qish

​​Muvaffaqiyatli talabaning 10 ta qoidasi

Sizga talabalar uchun zarur qoidalarni ulashmoqchimiz. Bu sizning muvaffaqiyatingizga hissa qo'shadi degan umiddamiz:

1. Talabalarning ideal strategiyasi - "IBEMI"

I - ijodkorlik: talaba o'z strategiyalari va uslublaridan muvafaqqiyat uchun foydalanadi, darslarda tasavvurlarini ishlatadi.

B - baholash: o'z tajribangizdan foydalaning, o'zingizning ishingiz va yutuqlaringizni tahlil qiling, baholang va harakatdan to'xtamang.

E - effektivnilik: nimani o'rganayotganingizni to'liq tushunish uchun darsda ham jismonan va ruhan e'tibor bilan qatnashing.

M - motivatsiya: erishadigan natijangizni to'liq tasavvur qiling va bu sizga qo'shimcha kuch beradi.

I - Innovatsiyaviylik: Hozirgi davrda yangi texnologiyalar hammaga bo'lganidek, talabalar uchun ham juda muhim. Masalan: karantindagi online darslarda.

2. Dunyoning eng yaxshi mutaxassisi - siz

Muayyan muommoni qanday hal qilishni bilmasangiz, o'zingizni global ahamiyatga ega bo'lgan muammoga duch kelgan professor yoki ixtirochi sifatida tasavvur qiling. Mutaxassislar muammoni qiyin deb tasavvur qilishadi va bu bilan osongina yaxshi natijaga erishadilar. Ko'pgina talabalar tanlagan sohalarini o'rganish qobiliyatiga ega bo'lmasliklari mumkinligidan havotirlanadi. Bu kabi vahima fikrlar sizning o'qishingizni juda qiyinlashtirishi mumkin. Vahima qo'zg'atishlarga va ortiqcha qo'rquvga qarshi turishingizga yordam beradigan va o'zingizni kamroq tanqid qiladigan foydali mashg'ulotlarga odatlaning.

3. Barcha imkoniyatlaringizdan foydalaning

Tanangizning ko'rish, eshitish va sezish kabi funksiyalaridan qancha ko'p foydalansangiz va tanangizdagi ko'plab muskullarni ko'rish, gapirish, yozish, rasm chizish yoki oddiygina harakat qilish uchun ishlatsangiz, miyangiz ma'lumotlarni shunchalik ko'p qabul qiladi. Miya turli xil manbalardan ma'lumot oladi.

4. Sizni nima qiziqtirayotganini bilib oling

Agar ko'p havotirga berilsangiz yoki zeriksangiz ta'lim olish deyarli imkonsiz bo'lib qoladi. Shuning uchun, vaqtni behuda sarflamasdan, o'zingiz qiziqqan foydali mashg'ulotlarga ko'proq vaqt ajrating.

5. Ko'proq o'rganing

Talabamisiz - unda ko'proq narsa o'rganishga, yagi va yangi bilimlarni egallashga g'ayrat bilan yondashsangiz, o'qish katta foyda keltiradi. Bu odat sizning kelajakda erishadigan muvaffaqiyatingizning chin ma'noda poydevori vazifasini bajaradi.

Educonnect sizlarga foydali ma'lumot berishdan doimo mamnun!

@educonnect

(davomi bor)