Get Mystery Box with random crypto!

Shu kunlarda Davlat ekologiya qoʼmitasida hududiy boshqarmalar | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Shu kunlarda Davlat ekologiya qoʼmitasida hududiy boshqarmalarda faoliyat yuritayotgan bir guruh yosh xodimlar tajriba almashib, malaka oshirmoqda.

Ushbu malaka oshirishda oʼquv mashgʼulotlarining tashkil etilayotgani ham yosh ekologlarning sohaga oid bilim-koʼnikmalarini oshirishda muhim omil boʼlmoqda.

Navbatdagi mashgʼulotda Ekologiya, atrof muhit muhofazasi va chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish jamgʼarmasi masʼullari ishtirok etib, kompensatsiya toʼlovlarini amaldagi tartib-qoidalarga asosan qoʼllash, shuningdek, “ECOFUND” elektron dasturi boʼyicha tushunchalar berishdi.

Oʼquv mashgʼuloti yakunida malaka oshirayotgan yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savol va takliflarga atroflicha javoblar oldilar.

Davlat ekologiya qoʼmitasi Matbuot xizmati