Get Mystery Box with random crypto!

​​ Uzbekgreencard AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USC | Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

​​ Uzbekgreencard

AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) mamlakatda ishlash huquqi, grin-karta va boshqa turdagi vizalar uchun murojaatlarni ko'rib chiqish kechikishini ma'lum qildi.
Agentlik davlat idorasi sanalsa-da, o'z faoliyatini murojaatlar uchun belgilangan to'lovlar hisobidan moliyalaydi. Pandemiya davrida tushumlarning keskin qisqargani natijasida agentlik moliyaviy muammolar bilan yuzlashmoqda. Kadrlar qisqarishining oldi olingan bo'lsa-da, to'planib qolgan hujjatlarni ko'rib chiqish uchun uzoq vaqt kerak.
Agentlik o'z faoliyatini izga solish uchun Kongressdan 1,2 milliard dollar miqdorida pul ajratishni so'ragan edi. Biroq rad javobini bergan qonunchilar 1-oktabrda poyoniga yetadigan joriy moliyaviy yil uchun agentlikda yetarli mablag' bor degan xulosaga kelgan.
Agentlik 2-oktabrdan to'lovlarni oshirishini ma'lum qilgan.

Manba: AmerikaOvozi

@Uzbekgreencard