Get Mystery Box with random crypto!

'Kasal bo‘lganda' '* Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilina | Duolar

"Kasal bo‘lganda"

"* Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birov bir narsadan - chaqami, jarohatmi - shikoyat qiladigan bo‘lsa, ko‘rsatkich barmoqlarini erga qo‘yib, so‘ngra ko‘tarib, quyidagi duoni o‘qir edilar:

بِسْمِ اللهِ تُرْبَةُ أرْضِنَا بِرِيقَةِ بَعْضِنَا يُشْفَى بِهِ سَقِيمُنَا بِإِذْنِ رَبِّنَا

«Bismillahi turbatu arzina biriyqoti ba’zina yushfa bihi saqiymuna biizni robbina».
(Ma’nosi: Allohning ismi bilan, erlarimizning tuprog‘i bilan, ba’zilarimizning tupugi bilan Rabbimizning izni ila kasallarimiz shifo topadi.)
Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilishgan.

* Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahllaridan ba’zilariga o‘ng qo‘llarini surtib, panoh tilab, quyidagi duoni o‘qirdilar:
اللهُمَّ رَبَّ النَّاسِ أذْهِبِ البَأْسَ اشْفِ أنْتَ الشَّافِي لاَ شِفَاءَ إِلاَّ شِفَاؤُكَ شِفَاءً لاَ يُغَادِرُ سَقَمًا
«Allohumma robban nasi azhibil ba`sa ishfi anta shafiy la shifaa illa shifauka shifaan la yug‘odiru saqoma».
(Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.)
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari."

@Duo_Yodlaymiiz