Get Mystery Box with random crypto!

#janoza #tasirli #sher Janozangga yaxshilar kelsin Kimdir er | Biz va dunyo haqida (siz kutgan habarlar)

#janoza #tasirli #sher

Janozangga yaxshilar kelsin

Kimdir erta,kimdir ketar kech,
So‘nggi kunni Alloh bilarkan.
Sira o‘ylab ko‘rganmisan hech,
Janozangga kimlar kelarkan?

Kim yetaklar so‘ygali tuya,
Kim yuzi oq,zaboni kuya,
O‘lganligi rostmikan deya,
Janozangga kimlar kelarkin ?

O‘limdan so‘ng pushaymon uvol,
Tirikmisan,demak quloq sol,
Jirkanmasdan yuvarmi g‘assol,
Janozangga kimlar kelarkin ?

To‘ldimikan savobli to‘rva?
Kim duoga qo‘l ochar zo‘rg‘a,
Xayolida ichay deb sho‘rva ,
Janozangga kimlar kelarkin ?

Kafan ichra yotadirsan jim,
Orzular yo‘q,afsuslar lim-lim,
Tobutingni ko‘tararkan kim,
Janozangga kimlar kelarkin ?

Bo‘lmasidan qiyomat qoyim,
Yurak bag‘ring iymonga to‘lsin.
Yaxshilarni do‘st ayla doim,
Janozangga yaxshilar kelsin.

Kanalga qo'shilish @dunyo_va_biz