Get Mystery Box with random crypto!

#Nikoh #Hadis Nikoh haqida 40 hadis Nikohni halol, zinoni ha | Biz va dunyo haqida (siz kutgan habarlar)

#Nikoh #Hadis

Nikoh haqida 40 hadis

Nikohni halol, zinoni harom qilgan Alloh taologa cheksiz hamd bo‘lsin. Nikoh mening sunnatimdir, degan Rasulullohga bitmas-tuganmas salovat va salom bo‘lsin!

Nikoh, oila qurish Alloh taoloning insoniyat orasida joriy qilgan muqaddas qonunlaridan biri bo‘lib, nasl-nasabning davomiyligi, insonlar orasida qarindosh-urug‘chilik, mehr-oqibatni mukammal bo‘lishi kabi insoniyat uchun manfaatli maqsadlarga xizmat qiladi.

Islom faqihlarining umumiy fikri shuki: kimdaki shahvat zo‘rayib, zinoga giriftor bo‘lish xavfida qolsa, oila qurishga moliyaviy imkoniyati ham mavjud bo‘lsa, uning darhol uylanishi zarur bo‘ladi. Shahvati bor-u, biroq zino fitnasidan yiroq bo‘lsa, Hanafiy mazhabimiz olimlarining maslahatlariga ko‘ra, bunday insonning bemalol nafl ibodatlar qilish uchun yolg‘izlikni tanlashidan ko‘ra, oila qurishi baribir afzal va mustahab hisoblanadi. Sahobai kiromlarning qilgan ishlari va aytgan so‘zlariga diqqat qilinsa ham, shu fikr ma’qul ekani namoyon bo‘ladi:
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu shunday degan ekanlar: “Agar o‘n kun umrim qolib, uning oxirida vafot etishimni aniq bilsam va menda uylanish imkoniyati bo‘lsa, shu o‘n kun ichida ham fitnadan ehtiyot uchun uylanib olgan bo‘lar edim”.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Sa’id ibn Jubayrga aytgan ekan: “Oila qur, chunki bu ummatning yaxshilari ayoli ko‘plaridir”.
Imom Ahmad ibn Hanbal aytadilar: “Uylanmasdan bo‘ydoq, so‘qqabosh yurish Islomga to‘g‘ri keladigan ish emas. Kim seni xotin olishdan qaytarsa, u seni Islom yo‘lidan boshqasiga boshlayapti ekan”.
Demak, nikoh shariati islomiyada o‘ziga xos bir ibodat ekan. Janobi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham juda ko‘plab o‘rinlarda ummatni oila qurishga chaqirgan, bo‘ydoq yurishdan qaytarganlar.
Ilmiy omonatdorlik yuzasidan, xalqimizga nikoh va oila qurish mavzusida aytilgan hadislardan qirqtasini jamlab, tarjima qilib, “arba’iyn” holida yetkazib berishga jazm qildik. Uni tayyorlashda mashhur hanafiy olimi Mulla Ali qori rahmatullohi alayhning “arba’iyn”i asos qilindi. Alloh taolo barchamizga manfaatli qilsin.

Bismillahir rohmanir rohiym

1-HADIS.
قال رسول الله صلي الله عليه و سلم: “يا معشر الشباب! من إستطاع منكم الباءة فليتزوج، فإنه اغض للبصر و احصن للفرج. و من لم يستطع فعليه بالصوم، فانه له وجاء”. رواه البخاري و مسلم

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir bo‘lsa uylansin. Chunki oila ko‘zni tiyuvchi, farjni (zinodan) saqlovchi (omil)dir. Kim qodir bo‘lmasa, unga ro‘za tutish lozimdir. Chunki ro‘za shahvatni sindiruvchidir”. Buxoriy va Muslim rivoyat qilganlar.

...33-HADIS.

قال رسول الله صلي الله عليه و سلم: “من براكة المرأة تبكيرها بالانثي”. رواه ابن عساكر

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Birinchi farzandning qiz bo‘lishi xotinning barakasidandir”. Ibn Asokir rivoyat qilgan.

...35-HADIS.

قال رسول الله صلي الله عليه و سلم: “تزوجوا النساء فانهن يأتين بالمال”.رواه البزار و الخطيب

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Xotin olinglar, chunki ular boylik keltiradi”. Bazzor va Xatib Bag‘dodiy rivoyat qilganlar.

Batafsil o'qish

Kanalga qo'shilish @dunyo_va_biz