Get Mystery Box with random crypto!

Rasulullohni tushda ko‘rish uchun tavsiyalari: 1-TAVSIYA Qad | Dun'ya_Di🍃

Rasulullohni tushda ko‘rish uchun tavsiyalari:

1-TAVSIYA

Qadr surasni har kuni quyosh chiqish va botish chog‘ida 21-martadan o‘qishni odat qilgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi.
(al-Vasoilush-shafiʼa).

2 – TAVSIYA

Kavsar surasini bir kechada ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi.
(al-Vasoilush-shafiʼa)

3 - TAVSIYA

Kimki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rishni istasa “Muzammil” surasini 41-marta o‘qisin, shubhasiz Rasulullohni ko‘radi!
(al-Vasoilush-shafiʼa 417-B).

4 - TAVSIYA

Jumʼa kunida “Qadr” surasini ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rmaguncha bu dunyodan o‘tmaydi.
(Xazinatul asror).

5 – TAVSIYA

Baʼzi ulamolar aytishlaricha, “Kavsar” surasining quyidagicha xususiyati bor: kimki bu surani jumʼa kechasida ming marta o‘qib ortidan Rasulullohga yana ming marta salovat aytib uxlasa, tushida Ul zoti sharifni ko‘radi.

6 – TAVSIYA

Baʼzi mashoyixlarga ko‘ra, juma kechasining qoq yarmida turib “Quraysh” surasini ming marta o‘qib, tahorat bilan uyquga ketsa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘radi va Allohdan so‘ragan boshqa hojatlari ham ravo bo‘ladi.

7 – TAVSIYA

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuma aytadi: kimki bir kechada “qul huvallohu ahad”ni ming marta o‘qisa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘radi. Men Allohga hamdlar bo‘lsinki, buni tajribadan o‘tganini ishonch bilan ayta olaman. Hasan Muhammad Shaddod.
(al-Vasoilush-shafia).

8 – TAVSIYA

Yana Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumadan “Vasoil”ning 471-sahifasida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- “Qaysi bir mo‘minki, juma kechasida ikki rakat namoz o‘qisa va har bir rakatida Fotiha surasidan keyin 25-martadan “Qul huvallohu ahad”ni o‘qib, uning ortidan ming marta “Sollallohu ʼala Muhammadin an-Nabiyyil-ummiy”, deb salovat aytsa, keyingi jumagacha albatta meni tushida ko‘radi. Va kim meni ko‘rsa, Alloh uning gunohlarini mag‘firat qiladi” - dedilar.
(“Saodatud-dorayn”)

9 – TAVSIYA

“Mafotih al-mafotih”da “al-Azkor”dan naql qilinadi:
- “Kimki juma kechasi ikki rakat namoz o‘qib, har rakatida bir martadan “Fotiha” surasini va besh martadan “Oyatul-kursi”ni o‘qib, namozni tamomlagach, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga salovat aytsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘radi.

10 – TAVSIYA

“Majmaʼul-hadis”da keltirilgan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgan ekanlar:
- “Kim meni tushda ko‘rishni istasa, juma kechasida ikki salom bilan to‘rt rakat namoz o‘qisin. Har bir rakatida “Fotiha”, “Vaz-zuho”, “Alam nashroh”, “Inna anzalnahu”, “Iza zulzilatil-arzu” suralarini o‘qisin. Keyin menga yetmish marta salovat va yetmish marta istig‘for aytsin, so‘ngra uxlasa, meni tushida ko‘radi”.

11 – TAVSIYA

“al-Vasoilu-shafia” 467-betda keltiriladi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan aytadilar:
- “Kimki menga shanba kunda ming marta salovat aytsa, jannatdagi joyini ko‘rmaguncha dunyodan o‘tmaydi..”.
Men bu xabarni tajribamdan o‘tkazganman. Hasan Muhammad Shaddod.

12 – TAVSIYA

“al-Mafoxir al-aliyya”da Abu Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhning quyidagi tavsiyasi keltirilgan: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni tushda ko‘rish uchun “Izash-shamsu kuvvirot”, “Izas-samaaun fatarot” va “Izas-samaaun shaqqot” suralarini o‘qib yurishga odatlaning.

13 – TAVSIYA

Ustozimiz Jamoluddin Abulmavohib ash-Shoziliy rahmatullohi alayh aytar edilar: men, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushimda ko‘rdim. Ul Zot menga:
- “Uyku oldidan “Bismillahir Rohmanir Rohim”ni besh marta, “Aʼuvzu billahi minashshaytonir-rojim”ni besh marta aytasan. Keyin, “Ey Alloh! Muhammad s.a.v. haqqi-hurmati menga Muhammad s.a.v.ni shu dunyoda ham, oxiratda ham ko‘rsatgin, deb ayt. Agar uxlashdan oldin shularni aytsang, men oldingga kelaman va aslo qolib ketmayman” - dedilar”.

#tarqating
#ulashing
@dunya_di