Get Mystery Box with random crypto!

Rostgoylik haqida Alloh taolo: «Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘r | Dun'ya_Di🍃

Rostgoylik haqida

Alloh taolo:
«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va imonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz» (Tavba surasi, 119-oyat)

«Rostgo‘y erkaklar va rostgo‘y ayollar uchun Alloh mag‘firat va ulug‘ mukofot tayyorlab qo‘ygandir» (Ahzob surasi, 35-oyat)

«Sodiq-rostgo‘y bo‘lganlarida, albatta o‘zlari uchun yaxshiroq bo‘lur edi»
(Muhammad surasi, 21-oyat), deb aytgan.

Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Rostgo‘ylik yaxshilikka
yetaklaydi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Albatta kishi rost so‘zlaydi, hattoki Alloh huzurida siddiqlardan, deb yoziladi. Yolg‘onchilik gunohga yetaklaydi. Gunoh esa do‘zaxga yetaklaydi. Albatta kishi yolg‘on so‘zlaydi, hattoki Allohning huzurida yolg‘onchi, kazzob, deb yoziladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Abu Muhammad Hasan ibn Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)dan quyidagi aytgan narsalarini yodlab oldim: «Shubhali narsani shubhasiz narsaga qoldir. Albatta rostgo‘ylik xotirjamlikdir. Yolg‘on esa shubhalidir». Imom Termiziy rivoyatlari.

@dunya_di