Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ENG KO‘P TARQATING!!! RAMAZONGA ENG YAXSHI TAVSIYA | Dun'ya_Di🍃

​​​​ENG KO‘P TARQATING!!!

RAMAZONGA ENG YAXSHI TAVSIYA

Ramazon oyida har kecha ikki rakaat tahajjud namozi o‘qib qo‘ying!

- Shunda Qadr kechasini topsangiz ming oy tahajjud o‘qiganlikdan ko‘ra ham afzal savobga erishasiz...


Ramazon oyida har kecha alohida uch bora «Ixlos” surasini o‘qib qo‘ying!

- Shunda Qadr kechasini topsangiz ming oy Qur’on xatm qilganlikdan ko‘ra ham afzal savobga erishasiz...


Ramazon oyida har kecha imkon topib, ma’lum mablag‘ni sadaqa qilib qo‘ying!

- Shunda Qadr kechasini topsangiz ming oy sadaqa qilganlikdan ko‘ra ham afzal savobga erishasiz...


— Qadr kechasi ming oydan ko‘ra yaxshidir!
(Qadr surasi, 3-oyat)

Bu tavsiyani imkon qadar tarqating-ki, unga kim amal qilsa savobiga siz ham sherik bo‘lasiz!

وعَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الْأَنْصَارِيِّ رضي الله عنه قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : مَنْ دَلَّ عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِِل رواه مسلم
Abu Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘shani qiluvchining mislicha ajr bor”, dedilar”.
Muslim rivoyati

SAVOB UMIDIDA DO‘STLARINGIZGA HAM ULASHING!!! ALLOH ROZI BO‘LSIN!!!

@dunya_di