Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlarimni hammasini ham tanimayman. | Dun'ya_Di🍃

Ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlarimni hammasini ham tanimayman. Allohim O‘zing ularni barchalarini taniysan va qalblaridagi narsani ham bilasan...

Allohim dardman va kasallari bo‘lsa shifo ber. Balo va ofatdagilarini ofiyatda qil. Hojatmandlarini hojatini ravo ayla. Gʻam tashvishlilarini g‘amlarini arit. Qarzdorlarini qarziga najot ber. Zurriyot talabida bo‘lganlariga solih va soliha farzanlarni nasib et. Uylanadiganlariga soliha ko‘zni quvontiradigan jamila va mutiy’allarni juft qil. Turmushga chiqadiganlariga taqvoli, jasur erlarni munosib qil. Safardagi va barcha g‘oiblarni ahli oilasiga qaytar. Ey Robb! Har birimizni qalbimizdagi orzu niyatlarimizni bilasan. Undan ziyodasini bizlarga ato et.

Kelayotgan Ramazon oyiga omonlikda yetkazib, ibodatlarimizga kuch-quvvat ber va gunohlarimizdan forig‘ bo‘lishimizni O‘zing nasib et. Amin.

@dunya_di