Get Mystery Box with random crypto!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Telegram kanalining logotibi dtpiuz — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti D
Telegram kanalining logotibi dtpiuz — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Kanal manzili: @dtpiuz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.33K
Kanalning ta’rifi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Telegramdagi rasmiy sahifasiga XUSH KELIBSIZ!
Web page | https://dtpi.uz/
Facebook | https://facebook.com/DTPI.UZ/
Telegram | https://t.me/DTPI_uz/
Instagram| https://instagram.com/dtpi.uz/

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 15:15:42
#ДТПИ_ОАВДА

Денов тадбиркорлик ва педагогика институти ҳамда Ўзбекистон Либерал-демократик партияси Сурхондарё вилоят кенгаши билан ҳамкорликда "Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз" деб номланган тадбир бўлиб ўтди. Унда институт профессор-ўқитувчилари,Ўзбекистон Либерал-демократик партияси аъзолари ва талабалар иштирок этишди. https://t.me/tvsurxon

@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
583 views12:15
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:14:12
#DTPI
#tyutor_faoliyati

Ijtimoiy-gumanitar fakulteti tyutori Z. U. Beknazarov boshlanyotgan yangi o'quv yilida o'ziga biriktirilgan guruh talabalari uchun qulay sharoitga ega bo'lgan xonadonlarni aniqlab, talabalarni ushbu manzilga yo'naltirmoqda.

@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
545 views12:14
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:11:05
#DTPI
#jarayon

Ayni paytda Zoom platformasi orqali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida yangi - 2022/2023 o'quv yilida yoshlar tarbiyasi, ularni qo'llab quvvatlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha muhokama majlisi bo'lib o'tmoqda.

Unda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor M. Mirzayev, Reja-moliya bo'limi boshlig'i R. Xalilov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i B. Jo'rayev, Ishlar boshqarmasi boshlig'i D. Tursunov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha fakultet dekan o'rinbosarlari hamda TTJ ma'sullari ishtirok etishmoqda.

@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
529 views11:11
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:46:54
2022/2023 ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари (магистратура мутахассисликлари) бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдори

ПДФ шаклида юклаш

@eduuz
358 views01:46
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:45:48 Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди!

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимиз таълим тизимига берган алоҳида эътибори, жумладан талабаларга олий таълим олишлари учун кўрсатган ғамхўрлиги, халқчил сиёсати натижасида 2022/2023 ўқув йили учун барча йўналишлар бўйича тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдиган бўлди.

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади.

Шу билан бир қаторда, 2022/2023 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.

Талабаларни таълим шакллари (кундузги, сиртқи, кечки ва масофавий) бакалавриат таълим йўналишлари ҳамда магистратура мутахассисликлари бўйича бир йиллик ўқитиш қийматлари миқдорлари қуйидагича:

Юклаб олиш

@eduuz
361 views01:45
Ochish/sharhlash
2022-08-28 04:43:14
#Тезкор #Расман

МАНДАТ ЧИҚДИ!
Мандатингизни тез ва оссон

ДТМ мандатни кўриш усулларини маълум қилди


Қуйидаги ботлар орқали: (абитуриентнинг ИД рақамини юборган ҳолда):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
318 views01:43
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:01:12
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining xorijlik o'qituvchilari safi kengaymoqda!

Rossiya Federatsiyasi Adigey davlat universiteti bilan har tomonlama hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. O'zaro tasdiqlangan Memorandumning professor-o'qituvchilar mobilligini ta’minlash maqsadida institutimizga Adigey davlat universiteti fiziko-matematika fanlari kandidati, dotsent Lyubov Leonidovna Burkova tashrif buyurdi.

Institutimiz rektori G'. X. Raximov xorijiy mehmonni iliq kutib oldi va Adigey davlat universiteti rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.Shundan so'ng ikki tomonlama shartnoma imzolanib, bir yil davomida Burkova L. L. talaba-yoshlarimizga fizika va matematika fanlaridan puxta va samarali dars berishga kelishildi.

@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter
404 views14:01
Ochish/sharhlash
2022-08-27 16:58:34
#diqqat_muhim

Hurmatli bakalavr bitiruvchilari!
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Rossiya Federatsiyasi Oltoy davlat universiteti bilan hamkorlikda “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” yo'nalishi bo'yicha qo'sh diplom loyihasi asosida magistraturaga qabul boshlanganini ma'lum qilamiz!

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 30-avgust 12:00 gacha davom etadi.
Xohlovchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
- Passport (rus tiliga tarjima qilingan nusxasi)
- Bakalavr diplomi (ilovasi bilan rus tiliga tarjima qilingan nusxasi)

Tarjima markazi telefon raqami
(+99890 418 08 08)

Hujjatlar notarial idoralar tomonidan tasdiqlangangan bo'lishi shart.

Ma’lumot uchun: Oltoy davlat universiteti Top-1000 OTMlar ro'yxatiga kirgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Magistraturani bitirganlarga Xalqaro tan olinadigan(OltDU) va DTPIning diplomlari beriladi.

Murojaatlar uchun:
1.+99897 002 97 79
2.+99888 850 93 63
3.+99897 552 21 44
4.+99897 692 31 41
381 views13:58
Ochish/sharhlash
2022-08-27 06:53:34
Kecha kechda "Denov baraka yashil olami" savdo majmuasida mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlarni tuman hokimi muborakbod etdi. Estrada xonandalari va yosh ijrochilar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Bayram tadbirida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari, tyutorlari ham ishtirok etishdi.

@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
560 views03:53
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:16:33
“Tadbirkor va iste’molchi” gazetasining 24 avgust 2022 yildagi № 15 (130) sonida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining rektori, filologiya fanlari doktori, professor, xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi deputati G‘anisher Raximovning “G‘amxo‘rlikning yorqin namunasi” deb nomlangan maqolasi chop etildi.

@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
478 views11:16
Ochish/sharhlash