Get Mystery Box with random crypto!

#diqqat_muhim Hurmatli bakalavr bitiruvchilari! Denov tad | Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

#diqqat_muhim

Hurmatli bakalavr bitiruvchilari!
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Rossiya Federatsiyasi Oltoy davlat universiteti bilan hamkorlikda “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” yo'nalishi bo'yicha qo'sh diplom loyihasi asosida magistraturaga qabul boshlanganini ma'lum qilamiz!

Hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 30-avgust 12:00 gacha davom etadi.
Xohlovchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
- Passport (rus tiliga tarjima qilingan nusxasi)
- Bakalavr diplomi (ilovasi bilan rus tiliga tarjima qilingan nusxasi)

Tarjima markazi telefon raqami
(+99890 418 08 08)

Hujjatlar notarial idoralar tomonidan tasdiqlangangan bo'lishi shart.

Ma’lumot uchun: Oltoy davlat universiteti Top-1000 OTMlar ro'yxatiga kirgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Magistraturani bitirganlarga Xalqaro tan olinadigan(OltDU) va DTPIning diplomlari beriladi.

Murojaatlar uchun:
1.+99897 002 97 79
2.+99888 850 93 63
3.+99897 552 21 44
4.+99897 692 31 41