Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 Bugun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaz | Davlat Test Markazi

#Qabul2022
Bugun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni

2022-2023-o‘quv yili qabulidan
boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Bunda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 17-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi