Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_testc — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_testc — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_testc
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 176.42K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-07-19 16:54:57 ​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 19-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 886 844 nafar.

Shundan:

355 752 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
531 092 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 501 437 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 360 373 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 19 905 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 5 129 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 101 237 nafar.
Samarqand viloyati — 99 418 nafar.
Toshkent viloyati — 85 565 nafar.
Farg‘ona viloyati — 81 411 nafar.
Surxondaryo viloyati — 75 042 nafar.
Andijon viloyati — 59 470 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 56 917 nafar.
Namangan viloyati — 55 634 nafar.
Toshkent shahri — 51 801 nafar.
Jizzax viloyati — 51 499 nafar.
Buxoro viloyati — 51 380 nafar.
Xorazm viloyati — 46 941 nafar.
Navoiy viloyati — 38 888 nafar.
Sirdaryo viloyati — 31 641 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.2K views13:54
Ochish/sharhlash
2022-07-19 16:24:36 DTM-2022 imtihonlarda tushishi mumkin boʻlgan namunaviy original testlar eʼlon qilindi!

2022 yil uchun DTM eʼlon qilgan namunaviy test savollarini mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin:

Matematika
Oʻzbekcha
Ruscha

Fizika
Oʻzbekcha
Ruscha

Biologiya
Oʻzbekcha
Ruscha

Kimyo
Oʻzbekcha
Ruscha

Tarix
Oʻzbekcha
Ruscha

Geografiya
Oʻzbekcha
Ruscha

Ona tili va adabiyot
Rus tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili

Doʻstlar, testlarni maksimal darajada “Forward” qiling! Koʻrmaganlar hammasi koʻrsin. Keyin majburiy fanlarning namunaviy testlarini ham joylaymiz!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
3.6K views13:24
Ochish/sharhlash
2022-07-19 09:47:08 #Qabul2022 #Kvota2022
2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

Kunduzgi ta’lim shakli — yuklab olish;
Sirtqi ta’lim shakli — yuklab olish;
Kechki ta’lim shakli — yuklab olish;
Masofaviy ta’lim shakli — yuklab olish.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
4.6K views06:47
Ochish/sharhlash
2022-07-19 08:08:38
Hurmatli abituriyentlar!
Farg'ona shahridagi O'zbekiston-Koreya Xalqaro Universiteti 2022/2023-o'quv yili uchun qabul boshlanganligini ma'lum qiladi hamda barcha yo'nalishlar uchun chegirmalar taqdim etadi.
Ijtimoiy gumanitar fanlar 3000$ 2550$ ;
1. Maktabgacha ta'lim
2. Turizm menejmenti
3. Xalqaro savdo
4. Koreys tili
5. Ingliz filologiyasi
6. Menejmet va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi.
Texnik muhandislik fanlar 3200$ 2720$ ;
7. Avtomobilsozlik muhandisligi
8. Mashinasozlik muhandisligi
9. Arxitektura muhandisligi
10. Qurilish muhandisligi
11. Internet va axborot kommunikatsiyasi.
———————————————————————
12. Elektrotexnika va elektronika 2240$
13. Kimyo muhandisligi 2240$
Hujjatlaringizni www.applykiuf.uz sayti orqali onlayn tarzda topshirishingiz mumkin.
• Manzil: Farg'ona shahri Alisher Navoiy ko'chasi 55/3- uy
• Qabul komissiyasi:
+99895401-94-54, +99895401-94-55, +99895401-94-56
Fаcebook | Instagram | Telegram | YouTube
4.7K views05:08
Ochish/sharhlash
2022-07-18 17:23:34 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 18-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 822 430 nafar.

Shundan:

343 996 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
478 434 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 475 914 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 323 326 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 18 478 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 4 712 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 94 070 nafar.
Samarqand viloyati — 93 046 nafar.
Toshkent viloyati — 79 640 nafar.
Farg‘ona viloyati — 75 545 nafar.
Surxondaryo viloyati — 69 255 nafar.
Andijon viloyati — 55 664 nafar.
Namangan viloyati — 51 678 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 50 330 nafar.
Toshkent shahri — 48 558 nafar.
Buxoro viloyati — 48 261 nafar.
Jizzax viloyati — 47 358 nafar.
Xorazm viloyati — 43 532 nafar.
Navoiy viloyati — 36 213 nafar.
Sirdaryo viloyati — 29 280 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
9.9K views14:23
Ochish/sharhlash
2022-07-18 13:27:14 #Qabul2022 #Murojaat
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaatnoma!

Hurmatli ota-onalar, aziz abituriyentlar!

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ketmoqda. O’tgan yillar tajribasidan ma’lumki, test sinovlari shaffoflik va adolatlilikning ustuvorligida o‘tkazilmoqda. Jarayonni butun mamlakat bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri, ochiq-oydin kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Shunday ekan, abituriyent faqat va faqat o‘z bilimiga tayanishi lozim. Agarda qandaydir shaxslar tomonidan abituriyentga yordam berilishi va’da qilinsa, bilingki, ular firibgarlardir. Bunday vaziyatlarda fuqarolik burchingizga tayangan holda, quyida keltirilgan rasmiy manbalar orqali darhol tegishli huquq-tartibot organlari yoki Davlat test markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Shu tariqa yo‘l tutishingiz, o‘z navbatida, bilimlilarni xolis tanlashga, kelajakda O‘zbekiston taraqqiyoti, ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bog‘lanish manbalari:

Bosh Prokuratura
:
Ishonch telefoni: (71) 232-10-07;
Koll-markaz: 1007 (qisqa raqam).

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:
Ishonch telefoni: (71) 202 04 02 (431);
Koll-markaz: 1253 (qisqa raqam).

Davlat test markazi:
Ishonch telefoni: (95) 199-19-14;
Xolis fuqaro: dtm.uz/page/reception;
Elektron pochta: antikor@dtm.uz;
Telegram-bot: @dtm_antikor_bot.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
5.3K views10:27
Ochish/sharhlash
2022-07-18 12:28:48
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Abituriyent testda ishtirok etish uchun koronavirusga qarshi emlangan (vaksina olgan) bo‘lishi kerakmi?

Mazkur savolga yuqoridagi videoda to‘liq javob berilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
4.8K views09:28
Ochish/sharhlash
2022-07-18 11:51:34
Talaba bo'lish orzuingizmi?
Kirish imtihonlaridan ikkilanyapsizmi?

Xavotirga o'rin yo'q!"New World Consulting" firmasi tomonidan taklif etilayotgan , , , dagi nufuzli xususiy universitetlarda bakalavriat va magistraturada hech qanday imtihonsiz va til bilish sertifikatlarisiz o'qishga kirishingiz mumkin.Tashkilotimiz xodimlari o'zingiz istagan yo'nalishni tanlashda yordam beradi

Barcha xizmatlar yuridik kuchga ega bo'lgan shartnoma asosida amalga oshiriladi

Hoziroq bizga qo'ng'iroq qilib talaba bo'lishingiz mumkin

Toshkent
(90) 0221006
@NewWorld_admin
(90) 0066005
@NewWorld_consulting

Vodiy:944948662
Qashqadaryo:886191144
@kimyo_eduz
Qoraqalpog'iston:908141006

@NewWorld_consulting
5.0K views08:51
Ochish/sharhlash
2022-07-17 16:47:00 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 17-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 761 183 nafar.

Shundan:

329 990 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
431 193 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 449 565 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 290 250 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 17 006 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 4 362 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 87 106 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 87 079 nafar.
Toshkent viloyati — 74 552 nafar.
Farg‘ona viloyati — 69 936 nafar.
Surxondaryo viloyati — 63 688 nafar.
Andijon viloyati — 52 054 nafar.
Namangan viloyati — 47 862 nafar.
Toshkent shahri — 45 864 nafar.
Buxoro viloyati — 45 204 nafar.
Jizzax viloyati — 43 585 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 42 887 nafar.
Xorazm viloyati — 40 417 nafar.
Navoiy viloyati — 33 736 nafar.
Sirdaryo viloyati — 27 213 nafar.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
6.0K views13:47
Ochish/sharhlash
2022-07-17 06:51:29 #Qabul2022
Bugun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni

2022-2023-o‘quv yili qabulidan
boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Bunda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 17-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
6.4K views03:51
Ochish/sharhlash