Get Mystery Box with random crypto!

​​ Rasman: Sirtqi taʼlim shaklidagi 5 yillik pedagogik staj 14 | Davlat test markazi

​​ Rasman: Sirtqi taʼlim shaklidagi 5 yillik pedagogik staj 14 ta yoʻnalishga emas, faqat 5 ta yoʻnalish uchun talab etiladigan boʻldi

Maʼlumki, Prezidentning 2022 yil 22 iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi taʼlim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi.

Bular:

boshlangʻich taʼlim;
tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;
musiqa taʼlimi;
jismoniy madaniyat;
texnologik taʼlim.

Bunda ushbu taʼlim yoʻnalishlarining sirtqi taʼlim shakliga xalq taʼlimi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlib, hozirda ushbu tizimda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtishi belgilandi.

Boshqa taʼlim yoʻnalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi