Get Mystery Box with random crypto!

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sino | Davlat test markazi

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2023-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Bunda test sinovlari o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkazilib, 10:00 da boshlanadi.

Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 23-yanvar kunidan boshlab my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh: Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga 08:30 dan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi