Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: 2023-yildan ba'zi toifa talabalarning kontrakt pulini | Davlat test markazi

Rasman: 2023-yildan ba'zi toifa talabalarning kontrakt pulini davlat to'lab berishni boshlaydi!

PQ-289‐ sonli Prezident qaroriga binoan, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining qo'shma ta'lim dasturida ta'lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qish davri uchun to'lov kontrakt qiymatini Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi.

Pedagok tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasasida o'qish davri uchun to'lov kontrakti qiymatini Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplab berish quidagi tartibda amalga oshiriladi:

Pedagok kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining qo'shma ta'lim dasturida to'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan va yuqori akademik ko'rsatgichlarga ega bo'lgan talabalari o'rtasida tanlov o'tkaziladi;

Tanlovda g'olib bo'lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi