I
ngliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko'p darajali (multilevel) repetitsion (mock exam) test sinovi.
2022-yil
18-
noyabr kuni Davlat test markazi huzuridagi
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan
ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha
repetitsion (mock exam) test sinovi o‘tkaziladi.
Test sinovlari
barcha hududlarda tashkil etiladi va birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lov
(100 000 so‘m) ni amalga oshirgan
90 nafar talabgor test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar
11-noyabr kuniga qadar my.dtm.uz havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
(95) 507-70-72
(95) 515-68-68