Get Mystery Box with random crypto!

​​Talabalarning ijara to'lovlari qoplab beriladi Vazirlar Mah | Davlat test markazi

​​Talabalarning ijara to'lovlari qoplab beriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi budjet mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Ijara pulining 50 foizi Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha (hozirda 300 ming soʻm), qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha (hozirda 150 ming soʻm) davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi