Get Mystery Box with random crypto!

#Nostrifikatsiya Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻri | Davlat Test Markazi

#Nostrifikatsiya

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi sinov testlari oʻtkaziladigan kunlar maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan «Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi toʻgʻrisida»gi Nizom ijrosini taʼminlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida (Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy ) 2021 yil 19 - 22 oktabr kunlari sohalar boʻyicha sinov testlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Sinov testlari oʻtkaziladigan sanasi va sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Huquqshunoslik
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot
Iqtisodiyot
Qishloq xoʻjaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish
Pedagogika fanlari

Sinovlar karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda oʻtkaziladi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ogohlantiradi:

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish uchun belgilangan sinov testlariga oʻz vaqtida kelmagan, sinov testida ishtirok etuvchilar roʻyxatida mavjud boʻlmagan talabgorlar hamda tibbiy niqobi boʻlmaganlarga sinovlarga kirishga ruxsat etilmaydi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi